Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

"Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" DM

AGRO.UZ > «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» DM
AGRO.UZ > «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» DM
Markaz haqida

2020-yilda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan agrosanoat majmuida “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimining yuritilishi uchun mas’ul tashkilot sifatida tashkil etilgan. Markazning asosiy vazifasi agrosanoat majmuida “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimini yuritish hisoblanadi.

  1. “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimida va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida dasturiy mahsulotlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash.
  2. Qishloq xo‘jaligida geoaxborot tizimlarini joriy etish hamda litsenziyalangan ArcGIS dasturiy ta’minotlarini o‘rnatish orqali, yerlarning holati, ekinlar, suv resurslari kabi tezkor ma’lumotlarni jamlash hamda yer va suv resurslari bo‘yicha uzluksiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash.
  3. Agrosanoat va oziq-ovqat sohasiga oid ma’lumotlar bazasini yaratish.
  4. Agrosanoat majmuidagi barcha vazirlik, idora va tashkilotlar hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini loyihalashtirish.
  5. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish jarayonida elektron tijorat amaliyotini joriy etish.
  6. Agrosanoat majmuidagi vazirlik, idora va tashkilotlarga interaktiv davlat xizmatlaridan, jumladan, internet jahon axborot tarmog‘idagi shaxsiy kabinet orqali foydalanishda ko‘maklashish.
  7. “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etish uchun, texnologik sharoitlar yaratish;
  8. Axborot xavfsizligini ta’minlash doirasida qo‘llaniladigan maxsus dasturiy mahsulotlarni joriy etish.
  9. Markazning mavjud ichki axborot tizimlaridan va “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimidan foydalanishda axborot xavfsizligi xavflarini aniqlash va ularning oldini olish choralarini ko‘rish.

– SENTINEL-2 sun’iy yo‘ldoshi tasvirlari asosida, Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq hamda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanlarida paxta va g‘alla ekinlarining amaldagi joylashgan maydonlari aniqlandi.

– Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bosqichlari, amalga oshiriladigan ishlar ro‘yxati, muddatlari va taxminiy moliyalashtirish harajatlari to‘g‘risida hisobot tayyorlandi. Raqamli qishloq xo‘jaligi axborot tizimini yaratish va joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

– Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish doirasida qishloq xo‘jaligida yagona integratsion platforma ishlab chiqish bo‘yicha axborot tizimlari ro‘yxati shakllantirildi. Bunda o‘ndan ortiq davlat idoralarining qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishga aloqador axborot tizimlari qamrab olindi.

– Buxoro viloyatida paxta-to‘qimachilik klasterlari paxta hosildorligini 50 sentnerga yetkazish uchun sohaga ilm-fan yutuqlarini va raqamli texnologiyani to‘liq joriy qilish maqsadida, “Buxoro Agroklaster” MChJ tomonidan joriy etilgan “smart-map” axborot tizimining dastlabki tahlili ishlab chiqildi.

– Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi yoshlarga ajratilgan yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha http://yerajratish.uz/ sayti yaratildi, shuningdek, maxsus xarita ishlab chiqildi.

– Agrosanoat majmuida yagona integratsion platformani tashkil qilish bo‘yicha, “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimini yaratish.

– Server texnik talablarini ishlab chiqish, server uchun maydon topish jarayoni va ArcGIS dasturini sotib olish uchun tanlov e’lon qilish.

– Sropio axborot tizimini klasterlar va fermer xo‘jaliklari kesimida joriy etish.

– Arxitektor-integrator kompaniyani tanlash.

– Toshkent viloyati agroxizmatlar markazini raqamlashtirish.

Direktor: Alimov Saidagzam Saidboriyevich
Ish jadvali: dushanba-juma, 9:00 dan 18:00 gacha
Manzil: 100140, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy
Telefon: (+998 71)  206 72 15, (+998 71) 206 72 16
El. pochta: digitalization@agro.uz

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: