Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

AGRO.UZ > Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
AGRO.UZ > Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy faoliyatini 1913-yilda boshlagan. Ilmiy muassasada dastlab lalmi yerlarda, keyinchalik sug‘oriladigan yerlarda boshoqli, dukkakli don va boshqa ekinlar seleksiya-urug‘chiligi va agrotexnikasi o‘rganilib, g‘allachilik ilmiga poydevor qo‘yilgan.

108 yillik ilmiy faoliyati davomida 20 ga yaqin qishloq xo‘jalik ekinlarining 246 ta serhosil navlari yaratildi.

Institutda lalmikor yerlarning turli mintaqalari uchun tuproqda nam to‘plash, saqlash va undan tejamli foydalanishga imkon beradigan g‘alla-toza shudgor almashlab ekish tizimlari hamda tuproqni suv va shamol eroziyalaridan himoyalash bo‘yicha agrotexnologik ishlanmalar tizimi ishlab chiqildi hamda kasallik va zararkunandalarga, begona o‘tlarga qarshi kurash ustida ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.

Hozirgi vaqtda sug‘oriladigan va lalmikor maydonlar uchun mos bo‘lgan ertapishar, serhosil, yuqori sifatli navlarni yaratish, g‘alla-shudgor almashlab ekish tizimi, resurstejamkor agrotexnologiyalarni takomillashtirish, tuproq unumdorligini oshirish, uni shamol va suv eroziyalaridan saqlash hamda 14 turdagi qishloq xo‘jalik ekinlarining seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy va amaliy, innovatsiya ishlarini davom ettirmoqda.

Hozirgi kunda boshoqli don, dukkakli don, yem-xashak, moyli va poliz ekinlarining 67 ta navlari O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilgan.

– Sug‘oriladigan va lalmikor maydonlar uchun tashqi muhitning noqulay omillariga chidamli (sho‘rlanish, qurg‘oqchilik, yotib qolishga, kasallik va zararkunandalar, suvsizlikka va boshqalar) ertapishar, hosildor navlarni yaratish;
– Boshoqli, dukkakli va boshqa ekinlarning (suvli, lalmi) yuqori avlodli urug‘larini ilmiy asosda  yetishtirish va tashkil etish;
– Tuproqda namlikdan samarali foydalanish, g‘alla-toza shudgor almashlab ekish tizimida resurstejamkor agrotexnologiyalarni takomillashtirish va fermer xo‘jaliklarida joriy etish;
– O‘simliklarni  himoya qilishning kimyoviy va biologik usullarini qo‘llashning muddatlari va meʼyorlarini hamda iqtisodiy samaradorligini ishlab chiqish;
– Xorijiy davlatlardagi yetakchi ilmiy muassasalar bilan ilmiy hamkorlik ishlarini olib borish.

Institut olimlarining ilmiy natijalarini keng targ‘ib qilish maqsadida, ilmiy faoliyat doirasida, 9 ta maqola xorijiy jurnallarda, shundan 4 tasi “Web of Sciense” va “Scopus” bazasidagi xalqaro nashrlarda, 14 ta maqola mahalliy jurnallarda, 36 ta maqola xalqaro va mahalliy konferensiyalarda chop etildi.

2020-2021-yillarda 11 ta guvohnoma va navlarga 8 ta patent olindi. Jumladan, yumshoq bug‘doyning  “Qizildon”, “Saʼd 2010”, “Sanzar 40”, qattiq bug‘doyning “Billurdon”, arpaning “Obikor”, no‘xatning “Iftixor”, xashaki no‘xatning “Uzbekistan 2011”, tritikalening “Sardor” navlariga patentlar olindi.

2020-yilda qattiq bug‘doyning “Yoqut 2014”, “Billurdon”, yumshoq bug‘doyning “Sug‘diyona”, “Sanzar 40”, “Qipchoqsuv”, arpaning “Mezon”, “Obikor”, “Sharof 100”, “Mushtarak”, tritikalening “Do‘stlik 4” navlari reyestrga kiritildi.

Institut olimlari tomonidan yumshoq bug‘doyning “Istiqlol-6”, “Istiqlol-20”, “Semurg‘”, “Bahor-1”, “Saʼd-2010”, “Qipchoqsuv”, “Sanzar-40”, “Sug‘diyona”, “Qizildon”, “No‘shkent”, qattiq bug‘doyning “Istiqlol-5”, “Istiqbolli”, “Olmos-2011”, “Yoqut-2014”, “Billurdon”, arpaning “Do‘stlik-2011”, “Bahorikor”, “Abu G‘ofur-20”, “Mushtarak”, “Ixtiyor”, “Obikor”, tritikalening “Do‘stlik-4”, no‘xatning “Mustaqillik-20”, “Iftixor”, hashaki no‘xatning “O‘zbekiston-2011” kabi serhosil yangi navlari yaratildi.

 

– Boshoqli don ekinlarining sho‘rga, qurg‘oqchilikka, kasalliklarga, yotib qolishga chidamli navlarini yaratish, boshlang‘ich urug‘chilik tizimini takomillashtirish, urug‘chilik xo‘jaliklarini yuqori reproduksiyali urug‘lar bilan taʼminlash;

– Ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimlari, resurslarni tejashga, tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni taʼminlashga qaratilgan texnologiyalarini ishlab chiqish;
– Boshoqli don ekinlarining genofondini saqlash, o‘rganish va undan foydalanish;
– O‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning zamonaviy usullarini yaratish va qo‘llash;
– Respublikadagi bir qator ilmiy muasassa va oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy hamkorlikda tadqiqot ishlari olib borish, malakali yosh ilmiy kadrlar tayyorlash, ularning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida, dunyodagi Xalqaro Ilmiy Markazlar bilan tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik qilishdir.

Direktor: Amanov Oybek Anvarovich
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, “Olimlar” mahallasi, M. Amanov ko‘chasi 1-uy
Telefon: 0-372-432-15-33
Elektron pochta: uzniizerno@yahoo.com
Veb-sayt: ddeiti-gallaorolits.uz

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: