Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

AGRO.UZ > Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti
AGRO.UZ > Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.10.2021-yildagi PQ-5269-son «Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi.

Ungacha ushbu taʼlim muassasasi Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali hisoblanardi va 2017-yilda tashkil etilgan edi.

Yangi hujjatga ko‘ra, institutda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida taʼlimning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;

Institutda 1 ta yangi bakalavriat taʼlim yo‘nalishi hamda 8 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, dorivor o‘simliklar, o‘simliklar himoyasi, seleksiya va urug‘chilik, sabzavotchilik va polizchilik, sholichilik, agrokimyo, agronomiya kabi mutaxassisliklarda kadrlar tayyorlanadi.

Institutda 2022-yilda Jahon banki mablag‘lari hisobidan talabalar, magistrlar va ilmiy izlanuvchilar hamda yosh professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalari asosida loyihalar startaplarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan shug‘ullanuvchi “IT-inkubator” ilmiy innovatsion markazi tashkil etiladi.

Qishloq xo‘jaligida innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash, «aqlli qishloq xo‘jaligi» (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash;

Axborot-maslahat markazlari (extension center) orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha «axborot — maslahat markazi — kafedra — qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi» tizimini joriy etish;

professor-o‘qituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar va talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligi va moddiy manfaatdorligini oshirish;

o‘quv mashg‘ulotlari, malakaviy amaliyotlarni o‘tishda talabalarni innovatsion va yangicha fikrlashga yo‘naltiradigan yangi o‘qitish texnologiyalari hamda interfaol uslublarni, shu jumladan talabalarning mustaqil izlanishini ta’minlovchi mexanizmlarni keng joriy etish va boshqalar.

Filial kafedralariga yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy markazlar va tashkilotlar biriktirildi.

Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha masofaviy ta’lim olish tizimini tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish bo‘yicha elektron ta’lim platformasini ishlab chiqish hamda ma’lumotlar bilan to‘ldirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkilot va korxonalar ehtiyojlarini o‘rgangan holda «Buxgalteriya hisobi va audit», «Agronomiya (anorchilik)» «Zooinjeneriya», «Veterinariya meditsinasi», «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish» kabi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanishi yo‘lga qo‘yildi.

Talabalarning malakaviy amaliyot o‘tashlarini ta’minlash bo‘yicha mutaxassislik kafedralari bilan hamkorlik shartnomasi bor bo‘lgan 17 ta tashkilotlar va ularning hududiy bo‘limlari, xususan talabalar yashash joyidagi agrofirma, agroklaster, ilg‘or fermer xo‘jaliklari bilan pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena talablariga amal qilingan holda talabalarning amaliyot o‘tashlari ta’minlandi.

Filialga Jahon banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan 4 ta o‘quv-laboratoriya jihozlari o‘rnatildi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 34 ta fandan o‘quv adabiyotlarini yaratish bo‘yicha mualliflar guruhini shakllantirish hamda o‘quv adabiyotlarini yaratish reja-grafigini ishlab chiqish.

O‘quv rejalari va fan dasturlari talablari asosida 5 ta darslik, 16 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiyalar tayyorlab chop etish.

Rahbar va pedagog kadrlarni xorijda malaka oshirish yoki stajirovka o‘tashga yuborish bilan bog‘liq takliflarni tayyorlash va amalga oshirish.

Sabzavot-poliz ekinlari urug‘ini innovatsion usulda yetishtirish imkonini beruvchi «Innovatsion urug‘chilik markazi»ni tashkil etish, bunda Hindistonning «Anipra Impex Limited» kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma korxona faoliyatini boshlash.

Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan 4 ta, Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2 ta o‘quv-laboratoriya majmualari olib kelinishini ta’minlash. Jahon banki mablag‘lari hisobidan olib kelingan 4 ta o‘quv-laboratoriya majmualaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda mazkur o‘quv-laboratoriyalarni ilmiy-laboratoriyaga aylantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash bo‘yicha zamonaviy mini sexlarni tashkil etish.

Axborot-resurs markazidagi mavjud o‘quv adabiyotlarini QR code tizimi orqali raqamlashtirish.

TDAU bilan kelishilgan holda «ARMAT++» elektron platformasini ma’lumotlar bazasi bilan to‘ldirish va ishga tushirish.

Germaniyaning kasbiy malaka oshirish, kasbiy ta’lim, xalqaro muvaffaqiyat dasturi (PRAXX) hamda Sharqiy Yevropa bilan qishloq xo‘jaligi va ekologik muvozanat tashkiloti (LOGO.e.V.), Ferienjob-2021 dasturlari orqali 40 nafar talabalarni o‘quv amaliyotiga yuborishni tashkil etish.

Rektor: Jo’rayev Abdug’affor Safarovich
Tel./faks: (0376) 363-33-48
Telefon: (+99876) 363-33-48
E-mail: abdugafforjurayev68@gmail.com
Qabul kunlari: Chorshanba va Juma kunlari: 9:00-12:00
Manzil: 191200, Surxondaryo viloyati, Termiz tumani,Yangiobod mahallasi

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: