O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO’JALIGI VAZIRI
ABDURAXMONOV IBROHIM YULCHIYEVICHNING
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO’YICHA
MUROJAATI
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari bilan mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olishga, unga qarshi kurashishga, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiya omillarga chek qo’yishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni so’nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari misolida ham ko’rish mumkin.
Davlat rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashga doir tashabbuslarini qo’llab-quvvatlagan holda, Qishloq xo’jaligi vazirligi tizimida ham korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog’liq faoliyatni takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, bu illatning oldini olish va profilaktika qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, vazirlik tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg’or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo’yicha izchil choralar ko’rilishi natijasida, Qishloq xo’jaligi vazirligi 2021yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha ISO 37001:2016 xalqaro standarti sertifikatiga ega bo’ldi.
Ushbu xalqaro standaft talablariga muvofiq Qishloq xo’jaligi vazirligi, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha boghqaruv tizimi joriy etildi. Xususan, xalqaro standart talablaridan kelib chiqgan holda, vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish borasida tizimli choralar ko’rilmoqda. Jumladan, xalqaro standart talablari bo’yicha vazirllk tizimida korrupsiyagaqarshi kurashish bo’yicha 10 dan ortiq ichki idoraviy hujjatlar ishlab chiqilib, vazirlik tizimida amaliyotga joriy etildi.
Shu bilan birga, vazirlik tizimi faoliyatida korrupsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga barham berishga qaratilgan vazifalar va yo’nalishlar belgilab olinib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, shuningdek, ularni kamaytirish bo’yicha tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bundan tashqari, vazirlik tizimida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaning oldini olishga doir targ’ibot tadbirlari, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo’yicha o’quv seminarlari, treninglar, brifinglar va davra suhbatlari tashkil etib borilmoqda.
Shu o’rinda, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga shuni alohida ta’kidlagan bo’lar edim-ki, korrupsiyaga mutlaqo toqatsizlik tamoyiliga tayangan holda korrupsiya bilan bog’liq har qanday xattiharakatlarda ishtirok etmang, boshqa shaxslarning manfaatlarini ko’zlab harakat qilmang, pora olish yoki g’ayriqonuniy boshqa maqsadlarda o’z xizmat mavqeyingizdan noqonuniy foydalanmang.
Sizlar, mehnat faoliyatingizdagi yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda halol, adolatli va mustaqil xulq-atvor namunasi bo’lishingiz, o’z mansab majburiyatingizni bajarishingiz doirasida, korrupsiyaning barcha shakllari va ko’rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha qonunchilik normalari va qabul qilingan ichki hujjatlarga rioya qilishingiz lozim.
Biz shuni unutmasligimiz kerakki, korrupsiya ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotining inqiroziga olib keladi, davlatni ich-ichidan yemiradi. Hozirda korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadlariga faqat tashkiliy-huquqiy vositalar bilan erishib bo’lmasligini hayotning o’zi ko’rsatmoqda.
O’ylaymanki, jamiyat kushandasi bo’lgan ushbu illatga qarshi kurashda nafaqat davlat tashkilotlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldir. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o’tishimiz lozim. Shunday ekan, davlat va jamoat tashkilotlari bu illatni oldlni olishi va unga qarshi kurashda hamjihat bo’lishi samarali natijalarga erishishning eng maqbul yo’li bo’lib hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarining qonunch i likka zid xatti-harakatlari yoki harakatsizl iklarining guvohi bo’lsangiz yoki xodimlarning korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan ma’lumotlarga ega bo’lsangiz, vazirlikning quyida keltirilgan aloqa kanallari orqali o’z murojaatlaringizni qoldirishingiz mumkin.
Yo’llangan murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ko’rib chiqiladi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar bo’yicha keskin qonuniy choralar ko’riladi.
E’tiboringiz uchun tashakkur!
lshonch telefoni: 1243. Telegram bot: @uzagroanticorruptionbot
Rasmiy veb sahifa: Agro.uz Elektron pochta manzili: info@agro.uz
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: