Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Pomidor

AGRO.UZ > Pomidor
AGRO.UZ > Pomidor

Zarari: Pomidorning eng xavfli zararkunandasi asosan pomidorning bargi, mevasi, o‘suv nuqtalari, ildiz bo‘g‘izlari bilan oziqlanib, zarar yetkazadi. Zararlangan mevalar o‘suv davrida  chirib ketadi.

Kurash choralari: Dala sharoitida ituzumguldoshlar oilasiga mansub begona o‘tlarni yo‘qotish, zararlangan o‘simlik qismlarini yo‘q qilish, biologik usulda yirtqich qandalalar, entomopatogen bakteriyali preparatlar va maxsus insektitsidlarni qo‘llash tavsiya etiladi.

Zarari: Ekin bargining orqasiga yopishib, shirasini so‘rib, oziqlanadi. Lichinkalar chiqargan chiqitlarda mog‘or rivojlanib, bargni qoraytiradi, oqibatda barglar qurib qoladi.

Kurash choralari: Asosan kimyoviy usulda kurashiladi. Bu preparatlarga Vl-77 (10-20 g) stimulyatori bilan birgalikda qo‘llanilsa, samarasi bir necha marta ortadi.

Zarari: Kasallik issiqxonalarda keng tarqalgan va u o‘simlikning barg, gul, gulband, novda va mevalarini zararlaydi. Mevalarning ustida, odatda ular novdaga birikkan joylarida, kulrang-yashil va kulrang-qo‘ng‘ir nekroz (yara) lar rivojlanadi va mevalar o‘sha joylaridan boshlab chiriydi.

Kurash choralari: Urug‘lar ekishdan oldin kasalliklarga qarshi fungitsidlar bilan dorilab ekish, pomidorning pastki barglarini yulib olib tashlash hamda issiqxonani isitish va shamollatish yordamida namlik 70-80% bo‘lishi taʼminlansa, ekin kuchli zararlanmaydi. Kasallikning kuchli rivojlanish xavfi bo‘lsa, ekinga fungitsid purkash tavsiya qilinadi.

Zarari: Kasallikni zamburug‘ qo‘zg‘atadi. Barglarning bandi pastga qarab qiyshayadi. Mevalardagi zararlangan joylar qattiq noaniq shakldagi katta jigarrang-yashil dog‘lar ko‘rinishida ifodalanadi.

Kurash choralari: Agrotexnik qoidalarga qat’iy rioya qilish, nihollarni to‘g‘ri parvarishlash, tuproqni muntazam yumshatish, tuproq namligi keragidan ortiq bo‘lmasligini taʼminlash, fungitsidlar bilan kimyoviy usulda ishlov berish.

Zarari: Zamburug‘ o‘simlikka ildizi orqali kiradi. Vilt bilan zararlangan ekinlar yashilligicha so‘lib qurib qoladi.

Kurash choralari: Tuproqni 25-30 sm gacha zararsizlantirish muhim ahamiyatga ega. Eng samarali usul – bug‘ bilan zararsizlantirishdir.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: