Zarari: tok novdalari, barglari va uzumning shirasini so‘radi. Bu qurt shikastlagan tokning o‘sishi sekinlashadi, uzumlari burishadi yoki quriydi.
Kurash choralari: tok unsimon qurtiga qarshi kimyoviy preparatlar bilan ishlov beriladi.
Zarari: tok novdalari, barglari va uzumning shirasini so‘radi. Bu qurt shikastlagan tokning o‘sishi sekinlashadi, uzumlari burishadi yoki quriydi.
Kurash choralari: tok unsimon qurtiga qarshi kimyoviy preparatlar bilan ishlov beriladi.
Zarari: barglar bujmayib, bargning orqasida dastlab oqish, keyin qo‘ng‘ir jigarrang tusli g‘ubor paydo bo‘ladi. Zararlangan tok rivojlanishdan orqada qoladi, hosilning miqdori kamayib, sifati yomonlashadi.
Kurash choralari: tok navdasini ishkomlarga ko‘tarish, begona o‘tlarni yo‘qotish, xomtok qilish (gullashdan oldin va keyin), maxsus akaritsidlar bilan kimyoviy ishlov berish ishlari bajariladi.
Zarari: tokning barcha yashil qismlari ushbu kasallik bilan zararlanadi. Barglarda va tomirlari orasida sarg‘ish, moysimon, qizg‘ish-qo‘ng‘ir, qirrali, kengligi 2-3 sm keladigan, baʼzan atrofida xloroz mavjud bo‘lgan dog‘lar paydo bo‘ladi.
Kurash choralari: agrotexnik va tashkiliy chora-tadbirlarni qo‘llash lozim. Odatda kasallikni fungitsid bilan ishlov bermasdan yo‘qotib bo‘lmaydi. Bahorda kurtaklar yozilishidan oldin, barg yozilishi paytida tarkibida mis bo‘lgan kimyoviy preparatlar ishlatiladi.
Zarari: kasallik meva, novda va barglarni zararlaydi. Zararlangan to‘qimalar halok bo‘ladi, natijada novdalar yog‘ochlanishi sust ketadi va qishdagi sovuqqa chidamsiz bo‘lib qoladi. Kasallangan barglarning ikki tarafida ham oq, kulrang g‘ubor hosil bo‘ladi.
Kurash choralari: toklar oralarini kuzda va bahorda ag‘darib haydash, begona o‘tlardan tozalash, meʼyorida sug‘orish, yaxob suvi berish, fosforli va kaliy o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash lozim, bundan tashqari fungitsidlar bilan kamida 2-3 marta ishlov berish zarur.
Zarari: zamburug‘ tokning hamma yashil qismlari: novda, meva, barg, barg bandi va mo‘ylovlarni zararlaydi.
Kurash choralari: tokzorlarda o‘z vaqtida xomtok qilish (gullashdan odin va keyin), kasallangan novdalarni kesish, meʼyorida sug‘orish, yaxob suvi berish, fosforli va kaliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, kimyoviy preparatlar bilan ishlov berish yaxshi samara beradi.
Zarari: qator oralari muntazam haydalib, ishlov berib turilmagan bog‘ va tokzorlarda bir va ko‘p yillik begona o‘tlar tarqaladi.
Kurash choralari: begona o‘tlarga qarshi agrotexnik, mexanik va kimyoviy kurash usullarini qo‘llashga jiddiy eʼtibor qaratish, ayniqsa, qator oralarida gerbitsidlarni qo‘llash zarur.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: