Institut olimlarining ilmiy natijalarini keng targ‘ib qilish maqsadida, ilmiy faoliyat doirasida 13 ta monografiya, 60 ta maqola xorijiy jurnallarda, shundan 14 tasi “Web of Sciense” va “Scopus” bazasidagi xalqaro nashrlarda, 114 ta maqola mahalliy jurnallarda, 46 ta maqola xalqaro va 84 ta maqola mahalliy konferensiyalarda chop etildi.
PSUYEAITI ishchi guruh olimlari tomonidan 3,0 mlrd. so‘mlik shartnoma asosida Toshkent viloyatining paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer va agroklaster xo‘jaliklarida, g‘o‘za parvarishida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni monitoring qilish va tegishli ilmiy-amaliy tavsiyalar berish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
G‘o‘za parvarishida intensiv, resurstejovchi agrotexnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida joylashgan “POLYTEX SIRDARYA” MCHJ agroklasteri bilan 100,0 mln so‘mlik shartnoma tuzilib, institut olimlari tomonidan g‘o‘za vegetatsiya davrida ilmiy-amaliy tavsiyalar berib borildi.
Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha (KMK, SHMK, standart, yo‘riqnomalar ishlab chiqish) 1076,4 mln. so‘mlik 20 ta loyihalar amalga oshirildi.
G‘o‘za navlari urug‘larini eksport qilish maqsadida Respublika urug‘chilikni rivojlantirish markazi, Intellektual mulk agentligi va institut o‘rtasida g‘o‘zaning rayonlashgan Sulton (shartnoma № SNP 2020002) va Namangan-77 (shartnoma № SNP 2020003) navlari bo‘yicha 3 tomonlama litsenzion shartnomalar tuzildi va Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
2019-2020-yillarda institut va uning ilmiy-tajriba stansiyalari seleksioner olimlari tomonidan yaratilgan g‘o‘zaning S-8290 navi Farg‘ona viloyati bo‘yicha, Buxoro-10 navi Buxoro viloyati bo‘yicha, S-8294 navi Xorazm viloyati bo‘yicha va Guliston navi Sirdaryo viloyati bo‘yicha hamda ingichka tolali Surxon-14, Surxon-16 va Surxon-103 g‘o‘za navlari Surxondaryo viloyati bo‘yicha rayonlashtirildi. G‘o‘zaning S-6560 navi Toshkent viloyati bo‘yicha, SP-1303 va Mang‘it-1 navlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha, Paxtakor-3 navi Jizzax viloyati bo‘yicha, S-8295 navi Namangan viloyati bo‘yicha, S-6570 navi Farg‘ona viloyati bo‘yicha va SP-38 navi Xorazm viloyati bo‘yicha istiqbolli deb topildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: