Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

No‘xat

AGRO.UZ > No‘xat
AGRO.UZ > No‘xat

No‘xat – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik turkumi; dukkakli don ekini. Vatani Osiyo. Poyasi o‘tsimon, tik o‘sadi, dag‘al, qovurg‘ali, sershox, tukli, balandligi 30-70 sm. Bargi  murakkab, patsimon. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, mayda. Mevasi dukkak, dukkagida 1-2 ta, goh 3 ta don bo‘ladi. Don rangi oq, pushti, to‘q-sariq, issiqsevar va yorug‘sevar, bahorgi ekin. Boshqa dukkakli ekinlarga nisbatan qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli, urug‘i 2-5°C haroratda unib chiqadi, past haroratda sekin o‘sadi. Maysasi bahorgi -6-8°C gacha qorasovuqlarga chidaydi. Namlik meʼyordan ortiq bo‘lsa kasallanadi, shona va guli to‘kiladi. O‘zidan changlanadi. O‘suv davri 70-190 kun. Don tarkibida 19-33% oqsil, 4-7% moy, 0,2-4,0% kul, 48-61% azotsiz ekstrativ moddalar, 2-12% klechatka, vitaminlar hamda aminokislotalar mavjud. Bir mavsumda bir gektar yerda no‘xat ildizlari 50-70 kg sof modda hisobida azot to‘playdi. Keng qatorlab (qator orasi 45-60 sm) yoki yoppasiga qatorlab (qator orasi 15 sm), baʼzan sepma usulida 5-10 sm chuqurlikda ekiladi. O‘zbekistonda aksariyat lalmi yerlarda ekiladi. Gullash davrida suvni kam meʼyorda berish yaxshi natija beradi, to‘liq pishganda guli to‘kiladi, dukkagi deyarli chatnamaydi, hosili don kombaynlarida yig‘ib olinadi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda  no‘xatning  11 navi yetishtiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan no‘xat mahsuloti Avstraliya, Avstriya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vyetnam, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Iroq Respublikasi, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Xitoy, Koreya, Qirg‘iziston, Latviya, Mongoliya, Niderlandiya, BAA, Pokiston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Tayvan, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

No‘xat navlari

O‘zbekiston Don ilmiy-tekshirish instituti tomonidan ko‘p marta yakka tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo viloyatlarining sug‘orilmaydigan yerlari uchun iqlimlashtirilgan. Gullari oq, yirik, dukkaklari 1-2 urug‘li, urug‘lari burishgan, oq rangli.

1000 ta urug‘ning og‘irligi 372-305 g. O‘rtapishar nav bo‘lib to‘liq unib chiqqanidan texnik yetilishgacha bo‘lgan davr 78-79 kunni tashkil etadi. Protein miqdori 24,3-26%. Askaxitoz bilan kasallanmaydi. Qurg‘oqchilikka chidamli, dukkaklari yorilmaydi.

Nav originatori: Sug‘oriladigan yerlarda don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol filialining seleksion navi.

Nav mualliflari: Ergashev N, Malxotra, Paroda, Ergashev J, Rustamov S, Qurbonova Sh.

Karneum, yevro-aziya guruhiga mansub. Yirik urug‘li, 1000 dona urug‘ vazni 323,0-342,0 g. Nav baland bo‘yli, o‘rtacha 42,0-50,0 sm. Poyadagi birinchi dukkak balandligi 23-27 sm, mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. Ertapishar, vegetatsiya davri 88-93 kun.

O‘rtacha hosildorlik: 7,1 s/ga. Qurg‘oqchilik va dukkak yorilishiga bardoshli. Oqsil miqdori 27,5-28,1%.

2008- yildan Respublikamizning lalmikor yerlarida ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Sug‘oriladigan yerlarda don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol filialining seleksion navi.

Nav mualliflari: Eshmirzayev K, Ergashev N, Rustamov S, Qurbonova Sh, Obloqulov O.

Karneum, yevro-aziya guruhiga mansub. 1000 dona urug‘ vazni 258,6-292,3 g. Nav baland bo‘yli, o‘rtacha 45,0-48,0 sm. Poyadagi birinchi dukkak balandligi 24,5 sm, mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. Ertapishar, vegetatsiya davri 80-91 kun.

O‘rtacha hosildorlik: 7,2-11,5 s/ga. Qurg‘oqchilik va dukkak yorilishiga bardoshli. Oqsil miqdori 26,6%.

2010-yildan Respublikamizning lalmikor yerlarida ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Sug‘oriladigan yerlarda don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: Mannopova M, Siddikov R, Kodirova O.

Karneum, yevro-aziya guruhiga mansub. Yirik urug‘li, 1000 dona urug‘ vazni 485,0 g. Nav baland bo‘yli, o‘rtacha 75-78 sm. Poyadagi birinchi dukkak balandligi 29-31 sm, mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. Ertapishar, vegetatsiya davri 180-190 kun.

O‘rtacha hosildorlik: 25,8 s/ga. Qurg‘oqchilik va dukkak yorilishiga bardoshli. Oqsil miqdori 27,3-28,0%.

2008- yildan Respublikamizning sug‘oriladigan  yerlarida ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Tosh DAU va Guliston DU seleksion navi.

Nav mualliflari: Atabayeva X, Mirsharipova G, Djumaxanov B.

Biologik kuzgi. 1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 344-365 g. Vegetatsiya davri bahorgi muddatda 76-82 kun, kuzgi muddatda 210 kun. Qurg‘oqchilikka va to‘kilishga chidamliligi 4,5 ball. Bir o‘simlikda dukkaklar soni 5-8 ta.

O‘rtacha hosildorlik: lalmi yerlarda 4,2-6,4  s/ga. Suvli yerlarda 30,1 s\ga Qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan sinov davrida kuzatilmadi.

2015-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Sug‘oriladigan yerlarda don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti seleksion navi.

Nav mualliflari: Mannopova M, Siddikov R, Abduraximova Sh.

Karneum guruhiga mansub. Yirik urug‘li, 1000 dona urug‘ vazni 520,0 g. Nav baland bo‘yli, o‘rtacha 66-75 sm. Poyadagi birinchi dukkak balandligi 23-28 sm, mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. Vegetatsiya davri o‘rtacha 122 kun.

O‘rtacha hosildorlik: 36,6 s/ga. Qurg‘oqchilik va dukkak yorilishiga bardoshli. Oqsil miqdori 28,0%.

2011-yildan Respublikamizning sug‘oriladigan yerlarida ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori:  Tosh DAU va Guliston DU seleksion navi. Biologik bahorgi.

Nav mualliflari: Atabayeva X, Mirsharipova G, Djumaxanov B.

1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 312-328  g. Vegetatsiya davri 75-97 kun. Qurg‘oqchilikka va to‘kilishga chidamliligi 4,5 ball. Bir o‘simlikda dukkaklar soni 6- 8 ta.

O‘rtacha hosildorlik: lalmi yerlarda 4,5-5,4  s/ga. Suvli yerlarda 25,7 s\ga. Qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan sinov davrida kuzatilmadi.

2015-yildan Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimiz hududida Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: