Mosh – bir yillik o‘tsimon o‘simlik. Ildizlaridagi tuganak bakteriyalar orqali o‘simlik o‘zini azot bilan taʼminlaydi. Poyasi dumaloq ko‘rinishda, qirrali. Bo‘yi 30-130 sm gacha bo‘lib, o‘rtacha 50-60 sm, yaxshi shoxlanadi. Poyasi katta maydonni egallashi tufayli mexanizatsiya yordamida yig‘ishtirish og‘ir. Pishib yetilgan dukkaklari jigarrang, deyarli qora bo‘ladi. O‘simlik poyasidan osilib turadi, pishgandan keyin tez yig‘ishtirilmasa chatnaydi. Urug‘i mayda, sal cho‘zinchoq;, hajmi 3-5 mm, rangi sarg‘imtir, yashil, qora bo‘ladi.
Mosh issiqqa talabchan o‘simlik bo‘lib, urug‘lari 10-12°C da una boshlaydi. Moshning urug‘lari 20-22°C da 4-5 kunda unib chiqadi. Bahorgi sovuqlarga chidamsiz. Yosh maysalari ham, katta voyaga etgan o‘zsimliklari ham 1-2°С sovuqda halok bo‘ladi.
Mosh yorug‘likka talabchan o‘simlik hisoblanadi. Qurg‘oqchil sharoitda o‘sa olmaydi. Mosh biologik xususiyatlariga ko‘ra tuproqqa nisbatan talabchan emas. Qora, bo‘z, o‘tloq bo‘z, qumoq, soz, sal sho‘rlangan tuproqlarda yaxshi o‘sib rivojlanadi. O‘tloq bo‘z tuproqlar O‘zbekistonda mosh uchun eng yaxshi tuproq hisoblanadi. Tuproq tarkibida oziq moddalar kam bo‘lsa ham mosh ildizidagi tuganak bakteriyalar yordamida o‘zini o‘zi azot bilan taʼminlaydi.
Mosh o‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simlik. O‘sish davri 80-120 kun. Takroriy ekilgan paytida o‘sish davri bahorgiga qaraganda 15-10 kunga qisqaradi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda moshning 10 navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan mosh mahsuloti Avstraliya, Avstriya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vyetnam, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Iroq Respublikasi, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Xitoy, Koreya, Qirg‘iziston, Latviya, Mongoliya, Niderlandiya, BAA, Pokiston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Tayvan, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: