Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Soya

AGRO.UZ > Soya
AGRO.UZ > Soya

Soya – dukkakdoshlarga mansub bir yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumi, dukkakli don va moyli ekin. Vatani – Xitoy. Dastlab O‘zbekistonda 1975-yildan ekilgan. Poyasi dag‘al, tik o‘sadi, ammo yotib qoladigan navlari ham bor. Bo‘yi 15 sm dan 2 m gacha, shoxlanadi, yon shoxlari 2-8 ta. Bargi sertuk, bandining uzunligi 8-2 sm.  Guli mayda, oq yoki pushti, shingil gulto‘plamga yig‘ilgan. Mevasi dukkak, sariq, qora, qo‘ng‘ir, sertuk. Har bir dukkagida 2-6 ta don bor, tarkibida 24-45% oqsil, 13-37% yog‘, 20-32% uglevodlar, vitaminlar bor.

O‘suv davri 75-100 kun. Soya issiqsevar va namsevar o‘simlik, yorug‘sevar qisqa kun o‘simligi. 21-23°С da yaxshi rivojlanadi. Urug‘i 6-10°С da unib chiqadi. Soya o‘zidan changlanadi. Gullash davri 15-55 kun davom etadi. Vegetatsiya davrida har 10-12 kunda sug‘orish kerak. Donidan olein-linol guruhiga mansub moy, oqsilga boy soya unib olinadi. Doni, pishib yetilmagan (dumbul) dukkagi ovqatga ishlatiladi. Soya unidan kolbasa mahsulotlari, sut, tvorog, qandolat, mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. Somoni, to‘poni, ko‘k poyasi, pichani, silosi oziqa sifatida chorva mollariga beriladi.

Soyaning donidan qandli diabet kasalliklari uchun parhez taomlar tayyorlanadi. Soyaning asosiy oqsili – glitsinin yaxshi hazmlanadi, suvda yaxshi eriydi, achib qatiqqa aylanadi, oqsili almashtirilmaydigan aminokislotalarga boy.

Hozirgi kunda O‘zbeksitonda soyaning  24 navi yetishtiriladi.

Soya navlari

Nav originori: Don dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining seleksion navi.

Nav mualliflari: Mannapova M, Siddikov R., Mansurov A.

O‘rta bo‘yli navlar guruhiga mansub. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 105 sm. Doni o‘rtacha yiriklikda, yumaloq, sariq. 1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 150,0 g. Vegetatsiya davri 126 kun. Yotib qolishga va to‘kilishga chidamliligi 5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik: 36,5 s/ga. Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari va hashoratlari bilan zararlanmadi.

2015-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originori: Serbiya davlatining seleksion navi.

O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 65 sm. 1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 130,0 g. Vegetatsiya davri 130 kun, takroriy muddatda 86 kun. Yotib qolishga va to‘kilishga chidamliligi 5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik: 28,0 s/ga.

Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari va hashoratlari bilan zararlanmadi.

2015-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originori: UzFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi  ilmiy-tadqiqot institutining seleksion navi.

Nav mualliflari: Abzalov M, Jumayev F, Mirzarasulov M, Umaraliyeva G, Qilicheva O.

O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 45-50 sm. Doni o‘rtacha yiriklikda, och-sariq. 1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 130,0 g. Vegetatsiya davri 87 kun. To‘kilishga chidamliligi 4,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik: 23,6 s/ga. Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari va hashoratlari bilan zararlanmadi.

2008-yildan Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining seleksion navi.

Nav mualliflari: Saidkanova R, Sadikova N, Ibragimov F, Sattarov M, Mirzayeva I.

O‘simlik bo‘yi 125-150 sm. Doni yirik, silliq, yaltiroq, sariq rangda. 1000 ta donining vazni o‘rtacha 176,6 g.

O‘rtacha don hosildorligi: gektaridan  34,8 s/ga. Vegetatsiya davri o‘rtacha 112-120 kun. Donidagi yog‘ miqdori 20-22%. Nav mexanizm bilan o‘rishga yaroqli.

Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari va hasharotlari bilan zararlanmadi.

2012-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originori: Don dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining seleksion navi.

Nav mualliflari: Mannapova M, Siddikov R., Mirzaxmedov B.

O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 60 sm. Doni o‘rtacha yiriklikda, silliq, sariq. 1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 160,0 g. Vegetatsiya davri 89 kun. Yotib qolishga va to‘kilishga chidamliligi 5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik: 30,6 s/ga.

Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari va hashoratlari bilan zararlanmadi.

2010-yildan Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originori: Don dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining seleksion navi.

Nav mualliflari: Mannapova M, Siddikov R., Mirzaxmedov B.

O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 70 sm. Doni o‘rtacha yiriklikda, silliq, sariq. 1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 155,0 g. Vegetatsiya davri 94 kun. Yotib qolishga va to‘kilishga chidamliligi 5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik: 28,3 s/ga. Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari va hasharotlari bilan zararlanmadi.

2010-yildan Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originori: UzFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tadqiqot institutining seleksion navi.

Nav mualliflari: Abzalov M, Baratova.

O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 76 sm. Doni o‘rtacha yiriklikda, och-sariq. 1000 dona urug ‘vazni o‘rtacha 136,8 g. Vegetatsiya davri 95 kun. To‘kilishga chidamliligi 5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik: 30,0 s/ga.

Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari va hashoratlari bilan zararlanmadi.

2015-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Don dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining seleksion navi.

Nav mualliflari: Mannapova M, Mirzaxmedov B, Qodirova O.

O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 80 sm. 1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 160,0 g. Vegetatsiya davri 121 kun. Yotib qolishga va to‘kilishga chidamliligi 5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik: 33,5 s/ga.

Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari va hasharotlari bilan zararlanmadi.

2015-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Sholichilik ilmiy tadqiqot institutining seleksion navi.

Navning kelib chiqishi: Yakka tanlov yo‘li bilan yaratilgan.

bSaitkanova R, Sadikova N, Kerimkulova B.

O‘simlik bo‘yi 106-145 sm. 1000 ta donining vazni o‘rtacha 167,8 g. O‘rtacha don hosildorligi gektaridan 30,1 s/ga. Yotib qolish va to‘kilishga chidamliligi 5,0 ball. Vegetatsiya davri o‘rtacha 110-120 kun.

Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari va hashoratlari bilan zararlanmadi.

2010-yildan Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarda Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Serbiya davlatining seleksion navi.

O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 66 sm. 1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 155,0 g. Vegetatsiya davri 100 kun. Yotib qolishga va to‘kilishga chidamliligi 5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik: 30,0 s/ga.

Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari va hashoratlari bilan zararlanmadi.

2012-yildan Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: