Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Vika

AGRO.UZ > Vika
AGRO.UZ > Vika

Vika – dukkakdoshlar oilasiga mansub bir va ko‘p yillik o‘simliklar turkumi, yem-xashak ekini. Yevropa, Osiyoning shimoliy-sharqiy mintaqalari, Shimoliy Afrika, Janubiy Amerikada tarqalgan 150 ga yaqin turi bor. 12 turi ekiladi. Ekma Vika va tukli Vika turlari don, ko‘k o‘t, silos, senaj olish uchun ekiladi. Ekma Vika (v. sativa) bir yillik bahorgi, tukli Vika (v. villosa) kuzgi ekin. Poyasi to‘rt qirrali. Barglari patsimon murakkab.

Gullari oq, o‘zidan, baʼzan chetdan changlanadi. Mevasi (dukkaklari) yassiroq bo‘lib, 4-8 urug‘li, 100 kg pichanida 45,8 ozuqa birligi va 12,3 kg hazm bo‘ladigan protein bor. 1000 dona urug‘i vazni 400-1300 g. Urug‘i tarkibida 24-30% oqsil bor. Gektaridan 200-250 s ko‘k massa, 30-60 s pichan, 20 s don olish mumkin. Vika sug‘orilganda mo‘l hosil beradi.

Vika tuproqda juda ko‘p miqdorda azot to‘playdi, shuning uchun ko‘pgina ekinlarga yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda vikaning 1 navi yetishtiriladi.

Vika navlari

Tabiiy tog‘ o‘simligi populyatsiyasidan yakka tanlash usulida yaratilgan “Mirzacho‘l-1” oraliq ekin sifatida kuz oylarida  ekiladi. Javdar va boshqa dukkakdoshlar bilan aralash holda o‘stirilgan ko‘k maysa erta bahorda, gullagan vaqtida og‘ir borona disklari vositasida yanchilib, maydalanadi va yer shudgorlanadi.

Sovuqqa chidamliligi bois, u qish oylarida ham rivojdan to‘xtamaydi, cho‘lning murakkab sharoitiga to‘liq moslashtirilgan. Uning o‘simlikka quvvat berishi mahalliy o‘g‘it bilan barobar. Vegetatsiya davrida esa ekin maydonlarini kuzgi va qishki shamollar tufayli eroziyaga uchrash xavfidan himoyalaydi hamda yerning meliorativ holatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Ushbu navdan chorva uchun to‘yimli ozuqa sifatida ham foydalanish mumkin.

2020-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Sirdaryo viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: