Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Yashil no‘xat

AGRO.UZ > Yashil no‘xat
AGRO.UZ > Yashil no‘xat

Yashil no‘xat (Gorox) – o‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simlik. Chetdan changlanish hodisasi kam hollarda janubiy hududlarda ro‘y berishi mumkin. No‘xatda proteroginiya, yaʼni berk shonalarda onalik ustunchasi, 2-3 kundan so‘ng changdonlar yetiladi va urug‘lanish jarayoni kuzatiladi. Gul 3 kundan keyin ochiladi, gullash jarayoni 10-40 kun davom etadi. Yashil no‘xat sovuqqa bardoshli o‘simlik bo‘lib, urug‘lari 2-3°С haroratda unib chiqa boshlaydi, 8-12°С harorat o‘sish uchun qulay hisoblanadi. O‘simliklar rivojlanishi 4° С boshlanadi va 29°С da o‘sish sekinlashadi. Eng qulay harorat 18°С bo‘lib, havoning nisbiy namligi past, harorat 25°С dan oshganda no‘xat muddatidan oldin pishib yetilishi kuzatilgan. Yashil no‘xat uzun kunli o‘simlik bo‘lib, yorug‘likka talabi kuchli, soya joyda va zich ekilganda yaxshi rivojlanmaydi. Yashil no‘xat uchun eng yaxshi o‘tmishdosh o‘simliklar boshoqli don ekinlar va qator orasiga ishlov beriladigan sabzavot ekinlaridan ildizmevalilar, karamdoshlar, tomatdoshlar va kartoshka hisoblanadi.

Yashil no‘xat moʻtadil iqlim o‘simligi, boshqa sabzavotlarga nisbatan sovuqqa bardoshli bo‘lib, urug‘lari 2-3°С haroratda unib chiqa boshlaydi va yaxshi rivojlanadi. 8-12°С harorat yashil no‘xat o‘sishi uchun qulay hisoblanadi. Havo harorati 32°С dan oshganda o‘simlikning rivojlanishi sekinlashadi. Yashil no‘xat uzun kun o‘simligi bo‘lib, yorug‘ va salqin kunlari o‘simlikning rivojlanishi jadallashadi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda yashil no‘xat (gorox) ning  4 navi yetishtiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan yashil no‘xat (gorox) mahsuloti Ozarbayjon, Armeniya, Afg‘oniston, Bangladesh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Iroq, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Koreya, Qirg‘iziston, Latviya, Gollandiya, Pokiston, Rossiya, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Yashil no‘xat navlari

O‘zbekiston Respublikasi Lalmi dehqonchilik ilmiy tekshirish instituti tomonidan Tojikiston Respublikasidan olingan № 141 yashil no‘xatining ko‘p martali tanlash yo‘li bilan yaratilgan. O‘simlikning balandligi 30-89 sm bo‘lib, bo‘g‘im oraliqlari soni 15-18 ta poyani tashkil etadi. Barglari ko‘p. Barg qo‘ltiqlari yirik, barglari ellips shaklida 2-3 juft bargchalardan iborat.

Gullari och pushti rangda. Urug‘lari yumaloq, qirrali, mayda, silliq, yashil qo‘ng‘ir ranglarda. 1000 dona urug‘ning og‘irligi 70-79 g. Gulining unib chiqishidan pishib yetilgunigacha bo‘lgan o‘sish davri – 155 kun, to‘la unib chiqishidan yig‘ishtirib olingunigacha bo‘lgan davr – 139 kun.

1954-yildan Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Andijon sug‘oriladigan yerlarida don va don dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol filiali seleksion navi.

Doni oq, yumaloq, o‘rtacha yiriklikda, 1000 don vazni 213,8-249,3 g.

O‘rtacha hosildorlik: 9,2 s/ga. Ob-havo qulay kelgan yillari o‘rtacha don hosildorligi 10,8-15,5  sentnerga yetadi. Vegetatsiya davri o‘rtacha 70-75 kun. Yotib qolishga chidamliligi 3,0 ball, to‘kilishga 4,0 ball. Qurg‘oqchilikka chidamli. Oqsil miqdori 23,2%.

Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari va hashoratlari bilan zararlanmadi.

2008-yildan Respublika bo‘yicha lalmikor yerlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: