Burchoq – dukkakdoshlarga mansub bir yillik o‘simlik. Poyasi 4 qirrali, bargi juft patsimon, murakkab, gullari zangori, pushti, qizil, binafsha. Dukkaklari uzunchoq va bir oz yassi, 4-7 urug‘li. O‘zbekiston hududida yovvoyi holda ham o‘sadigan 12 turi ko‘p uchraydi. Burchoq asosan yemxashak ekini bo‘lib, don, ko‘kpoya, pichan olish va silos bostirish hamda chorvani o‘tlatish uchun ekiladi.
Burchoq qurg‘oqchilik, sho‘r va sovuqqa bardoshli. Mamlakatimiz tuproqlari sharoitida kuzda ekishga mos, serhosil (4,2–4,8 t/ga) biomassa, seroqsil (33,2%) don (3,4–4,6 t gacha), yoki ko‘k massa (3,7–4,2 t/ga) yohud pichan (1,8–2,2 t) berishi, shuningdek, oraliq, siderat ekin sifatida o‘stirilganda kuzdan mart oyining oxiri aprelning birinchi o‘n kunligigacha har gektardan o‘rtacha 386–444 sentnergacha biomassa shakllantiradi. U dalalarga yashil o‘g‘it sifatida haydalishi esa tuproqlarimizda tanqis bo‘layotgan organik moddalarning (go‘ng) o‘rnini bosishi mumkin. Sababi uning 1/3 qismi gumusga aylanadi va nisbatan qisqa muddat ichida tuproq unumdorligining tiklanishini taʼminlaydi, shuningdek, u eng yaxshi azot to‘plovchidir.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda burchoqning 1 navi yetishtiriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: