Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Arpa

AGRO.UZ > Arpa
AGRO.UZ > Arpa

Arpa – boshoqdoshlarga mansub bir va ko‘p yillik don o‘simligi. Vatani Old Osiyo. Biologik xususiyatlarga ko‘ra, kuzgi va bahorgi turlarga bo‘linadi. Poyasi poxolpoya, 4-6 ta bo‘g‘imli, bo‘yi 30-35 sm dan 130-134 sm gacha. To’pguli boshoq. Mevasi pardali yoki yalang‘och don, rangi sarg‘ish, och jigarrang va och kulrang. 1000 ta doni vazni 30-60 g. Donida 64,6 % uglevod, 13% suv, 2% oqsil, 5,5% kletchatka, 2,1% yog‘, 2,8% kul moddasi bor. Bahorgi arpaning vegetatsiya davri 55-110, kuzgisiniki 180-210 kun (nav xususiyatlari va ekiladigan hududlarga qarab). Arpa o‘zidan changlanuvchi o‘simlik, guli yopiq, maysalari 4-5°C da unib chiqadi, o‘sib rivojlanib borishi uchun qulay harorat 22°C. Arpa issiqqa chidamli o‘simlik, havo quruqligini yaxshi ko‘taradi. Xalq xo‘jaligida arpadan xilma-xil maqsadlarda (oziq-ovqat, yem, pivo sanoati uchun xom ashyo) foydalaniladi. Juda erta quruq jazirama issiq boshlanmasidan oldin (mayning oxiri – iyun) pishib yetiladi. Sug‘oriladigan maydonlarda har gektaridan 50 s gacha hosil beradi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda arpaning 22 navi yetishtiriladi.

Arpa navlari

Nav originatori: Don va don dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy tajriba stansiyasi seleksion navi.

Nav mualliflari: Mamatkulov T, Oripov Sh, Mamatkulov A.T.

Nav fakultativ tipli. Nutans turiga mansub. Doni yirik, uzunchoq-ellipssimon. Boshog‘i ikki qatorli, sariq, o‘rtacha uzunlikda. 1000 dona don vazni o‘rtacha 52,3-56,1 g. Nav pastbo‘yli navlar guruhiga kiradi. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 82 sm dan 85 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball. O‘rtacha hosildorlik 13,3 s/ga dan 36,1 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 142-155 kun.

2015-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Don va don dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy tajriba stansiyasi seleksion navi.

Nav mualliflari: Mamatkulov T, Mamatkulov A.T, Oripov Sh, Umirov N.

Biologik bahorgi (fakultativ nav). Nutans turiga mansub. Doni yirik, uzunchoq, elipssimon, sariq. Boshog‘i ikki qatorli, urchuqsimon, sariq rangda. 1000 dona don vazni o‘rtacha 47,3-54,1 g. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 82 sm dan 85 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik: 19,3 s/ga dan 32,6 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 122-155 kun.

2015-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Rossiya qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasi  P.P. Lukyanenko nomidagi  Krasnodar qishloq xo‘jalik ilmiy-tadqiqot instituti seleksion navi.

Biologik kuzgi. Parallelum turiga mansub. 1000 dona don vazni o‘rtacha 42,0 g gacha. Nav o‘rta bo‘yli navlar guruhiga mansub. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 75 sm dan 95 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik: 42,2 s/ga dan 50,3 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 204 kun. Qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan zararlanish holatlari konkurs sinovida kuzatilmagan. Navning ozuqaboplik sifati yaxshi, dondagi oqsil miqdori 9,5-11,5%.

2011-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Don va don dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy tajriba stansiyasi seleksion navi.

Nav mualliflari: Mamatkulov T, Mamatkulov A.T, Oripov Sh, Umirov N.

Biologik bahorgi (fakultativ nav). Paralelleum turiga mansub. Doni o‘rtacha yiriklikda, elliptik shaklda. Boshog‘i silindrsimon, sariq, o‘rtacha uzunlikda. 1000 dona don vazni o‘rtacha 39,0-42,5  g. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 80 sm dan 85 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik: 53,3-73,4 s/ga gacha. Vegetatsiya davri 92-198 kun.

2015-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Rossiya qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasi  P.P. Lukyanenko nomidagi Krasnodar qishloq xo‘jalik ilmiy-tadqiqot instituti seleksion navi.

Biologik kuzgi. Parallelum turiga mansub. 1000 dona don vazni o‘rtacha 45,0 g dan  49,2 g gacha. Nav past bo‘yli navlar guruhiga mansub. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 82 sm dan 85 sm gacha. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball.

O‘rtacha hosildorlik: 52,0 s/ga dan 63,2 s/ga gacha. Vegetatsiya davri O‘zbekiston janubida 229 kun, boshqa viloyatlarida  230-233 kun.

2012-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Serbiya Davlatining seleksion navi.

Biologik kuzgi. Parallelum turiga mansub. 1000 dona don vazni o‘rtacha 40,0 g dan 44,0 g gacha. Nav o‘rtabo‘yli navlar guruhiga kiradi. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball. Qishga chidamliligi 5,0 ball. O‘rtacha hosildorlik 32,2-60,0 s/ga. Vegetatsiya davri 195-224 kun. Qishloq xo‘jalik kasalliklari bilan zararlanish holatlari konkurs sinovida kuzatilmagan.

2015-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Nav originatori: Serbiya Davlatining seleksion navi. Biologik kuzgi. Parallelum turiga mansub. 1000 dona don vazni o‘rtacha 40,0 g dan 48,8 g gacha. Nav o‘rtabo‘yli navlar guruhiga kiradi. Nav yotib qolishga va to‘kilishga chidamli, 5,0 ball.

Qishga chidamliligi O‘zbekiston sharoitida 5,0 ball. O‘rtacha hosildorlik 34,2-60,2 s/ga. Vegetatsiya davri 195-213 kun.

2015-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: