Xurmo – xurmodoshlar oilasiga mansub subtropik daraxt yoki butalar turkumi, ekidadigan meva daraxti. Tropik va subtropik mintaqalarda 500 ga yaqin turi uchraydi. Xitoy, Yaponiya, O‘rta Yer dengizi bo‘yi mamlakatlari, Avstraliya, AQSH, Kavkaz, O‘rta Osiyoda ekiladi.
Xurmo, asosan, urug‘idan ko‘kartirilgan niholga payvandlash yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Qumli, shag‘alli va sho‘r yerlarni yoqtirmaydi. Bir tup daraxtidan 250 kg gacha hosil olinadi.
Ayni paytda mamlakatimizning janubiy va markaziy hududlarida xurmoning 5 ta navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan xurmo mahsuloti Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Moldaviya, BAA, Polsha, Rossiya, Turkmaniston, Ukraina, Chexiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: