Raʼnoguldoshlar oilasiga mansub barg to‘kuvchi daraxtlar yoki butalar turkumi, mevali daraxt. Dunyo bo‘yicha urug‘li mevalar ichida (ekilgan maydoni jihatdan olmadan keyin) 2-o‘rinda turadi. Nok daraxti 50-300 yilgacha yashaydi.
Nok yorug‘sevar, qurg‘oqchilik va sovuqqa o‘rtacha chidamli, qumli, sho‘rlangan yerlardan boshqa hamma joyda yaxshi o‘sadi.
Nok payvandlash yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Nokzorlar ikki yillik ko‘chatlardan barpo etiladi. Ko‘chatlari 5-6 yilda hosilga kiradi. 21-asrning 10-yillaridan boshlab O‘zbekistonning intensiv bog‘larida nokning pakana va past bo‘yli payvandtaglarga ulangan ko‘chatlari ekilmoqda.
O‘rta Osiyoda nokning Yevropa navlari 19-asrning oxirlaridan o‘stirila boshlangan. 20-asrning 50-yillarida G‘arbiy Yevropa va AQSHdan keltirilgan navlar keng tarqaldi. Bugungi kunda O‘zbekiston hududida nokning 17 ta navi yetishtiriladi. Navlariga qarab, mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya etiladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan nok mahsuloti Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, BAA, Rossiya, Turkmaniston kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: