Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Anor

AGRO.UZ > Anor
AGRO.UZ > Anor

Anor – anordoshlar oilasiga mansub, subtropik meva turi. Vatani O‘rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afg‘oniston. O‘zbekistonda qadimdan ekil kelinadi. Quva, Namangan, Denov va Kitob tumanlari aʼlo sifatli anorlari bilan mashhur.

Anor, asosan, qalamchasidan ko‘paytiriladi. Unumdor, qumoq, nami yetarli tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Qurg‘oqchilikka chidamli, lekin namsevar.

Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida anorning 4 navi yetishtiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan anor mahsuloti Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Italiya, Qozog‘iston, Koreya, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Mongoliya, BAA, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Chexiya, Shveysariya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Anor navlari

Bu navning butasi o‘rtachadan kattaroq, ko‘chati ekilgandan so‘ng ikkinchi-uchinchi yili hosil bera boshlaydi. Unumdor soz tuproqli yerlarda mo‘l hosil olish mumkin, sho‘r yerlarga chidamsiz, sovuqqa chidamli.

Mevasi yirik, sal dumaloq, mazasi nordon-shirin, po‘stining rangi och pushtidan tortib to‘q qizilgacha. Sharbati to‘q qizil, xushbo‘y.

Oktyabrning uchinchi o‘n kunligida pishadi.

Hosildorligi – 67,5 s/ga, eng yuqori hosildorligi 76,7 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Mahalliy nav.

1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Bu nav sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamli, zararkunanda va kasalliklar bilan kam zararlanadi, mevasi oktyabrning ikkinchi o‘n kunligida pishadi.

Po‘sti qizil, mevasining o‘rtacha vazni – 350 g. Bu navning eng yaxshi fazilati shundaki, uning danagi yumshoq va mayda. Sharbatining rangi to‘q qizil, mazasi nordon-shirin.

Hosildorligi – 88,0 s/ga, eng yuqori hosildorligi 103,3 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Janubiy O‘zbekiston mevachilik-uzumchilik stansiyasi.

1986-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Navning butasi o‘rtacha bo‘lib, shox-shabbasi dumaloq, ekilgandan so‘ng ikkinchi yili hosilga kiradi. Yaxshi strukturali chuqur unumdor tuproqlarda juda yuqori hosil beradi. Sho‘rga va sovuqqa chidamsiz, kasallik va zararkunandalarga esa chidamli.

Mevasi o‘rtacha kattalikda, ko‘kish-sariq rangli. Mevasining sharbati malina tusida tovlanib turadigan to‘q qizil rangli, mazasi nordon-shirin, juda mazali.

Hosildorligi – 92,0 s/ga, eng yuqori hosildorligi 150,8 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Mahalliy nav.

1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Bu navning butasi o‘rtacha, mevasi oktyabrning uchinchi o‘n kunligida pishadi.

Mevasi sharsimon, hajmi – 150-400 g gacha kattalikda bo‘lib, mevasining o‘rtacha vazni 210 g. Sharbati olcha rangli, mazasi nordon-shirin, xushbo‘y. Mevasi uzoq masofalarga yaxshi tashiladi va 3-4 oy saqlanadi.

Hosildorligi – 52 s/ga, eng yuqori hosildorligi 82,7 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston xalqi seleksiyasi.

1981-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Surxondaryo viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: