Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Funduk

AGRO.UZ > Funduk
AGRO.UZ > Funduk

Funduk qayindoshlarga mansub buta yoki daraxt. O‘rmon yong‘og‘ining yirik mevali bir turi. Janubiy Yevropa va Osiyoda tarqalgan. O‘rta va Janubiy Yevropa, Turkiya, AQSH, Kavkaz, Qrim va boshqa joylarda o‘stiriladi.

Fundukning bir tupidan 8-10 kilogrammgacha meva olish mumkin. Bir gektar maydonga 600 tup ko‘chati ekiladi. Har gektar fundukzordan 2-3 tonna hosil olish mumkin. Daraxti butasimon, daraxt sifatida o‘stiriladi. Bo‘yi 2-4 metrgacha o‘sadi. Mevasi avgust-oktyabr oyida pishadi.

O‘rmon yong‘og‘i tuproq tanlamaydi. Tog‘li, toshloq hududlarda ham o‘saveradi. Chunki tomir qismida mayda-mayda zamburug‘ga o‘xshash shishlar (tuguncha) mavjud. Ular yerdan foydali elementlar va suvni tezda qabul qilib, rivojlanadi.

Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida fundukning 2 ta navi yetishtiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan funduk mahsuloti Avstriya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Bosniya va Gersegovina, Germaniya, Gruziya, Isroil, Hindiston, Iroq, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Livan, Mongoliya, Niderlandiya, BAA, Rossiya, Siriya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Daraxti o‘rta bo‘yli, tor piramidal shaklda o‘rtacha shox shabbali.

Mevasi yirik (2,2-2,8 g.) silindr shaklda, tuxumsimon, uzunchoq, och jigarrang yong‘oqni yarmigacha kulrang tukli. Mag‘izi och jigarrang, shirin o‘rtacha hidli.

Hosilga 3-4 yilda kiradi. O‘rtacha hosildorligi daraxtdan 9,5 kg. Nav oziqabop texnik yo‘nalishda.

Qayerda yaratilgan: Akademik M.Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasi.

2011-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: