Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Qulupnay

AGRO.UZ > Qulupnay
AGRO.UZ > Qulupnay

Qulupnay (baʼzan “yertut” ham deb ataladi) – raʼnoguldoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumi, rezavor meva. Yevroosiyo va Amerikada 50 turi maʼlum. Qulupnayning birinchi navlari 18-asrda Niderlandiyada paydo bo‘lgan. Amerika turi – virjiniya va chili qulupnaylari Yevropaga olib kelingan.

Qulupnay namtalab, yorug‘sevar (soya joyda hosil bermaydi), sovuqqa chidamsiz o‘simlik. Qorasovuqlar guli, g‘unchalari, mevalarini zararlaydi. O‘simlik tupi bir yerda 20 yil o‘sishi mumkin, lekin qulupnayzorda 4-5 yil o‘stiriladi. 3 yilgacha yaxshi hosil beradi, keyin mevasi maydalashib, hosildorligi pasayadi.

Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida qulupnayning 10 ta navi yetishtiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan qulupnay mahsuloti Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Rossiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Qulupnay navlari

Butasining bo‘yi baland bo‘lib, serbarg, o‘rtacha tarqoq.

Mevasi yirik, notekis, konussimon, rangi och qizil, uchi yashil, mevasi may oyining ikkinchi o‘n kunligida pishadi. Qulupnay mevasining o‘rtacha vazni – 14,7 g. Meva tugish davri 25-27 kunga cho‘ziladi. Eti och pushti, g‘ovak, mazasi kuchsiz xushbo‘y.

Hosildorligi – 7,5 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 41,9 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Fransiya.

1973-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ekish uchush tavsiya qilingan.

Tupining bo‘yi baland, tarqoq, serbarg, ko‘p bachki chiqaradi. Mevasi yirik, tarqoq-konussimon, sal yaltiroq, rangi och qizil, mevasining o‘rtacha vazni – 5,7 g.

Mevasi may oyining ikkinchi o‘n kunligida pishadi. Eti och qizil, mayin, sershira, mazasi nordon-shirin. Qulupnay mevasi uch haftagacha teriladi, mavsum oxirida mevasi ancha maydalashadi. Nav un shudring bilan kasallanmaydi.

Hosildorligi – 9,4 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 13,7 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining O‘rta Osiyo bo‘limi.

Muallif: A.S. Tataurova.

1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Butasi baland, ixcham, serbarg. Mevasining shakli kesik konussimon, birinchi terimdagilari yirik, rangi to‘q qizil. Eti to‘q qizil, xushbo‘y, zich, mazasi nordon-shirin.

Qulupnay mevasi mayning ikkinchi o‘n kunligida pishadi. Meva tugish davri 20-25 kunga cho‘ziladi, shu davrda hosil 6-8 marta teriladi.

Bu navning hosildorligi birinchi-ikkinchi yillarda juda yuqori bo‘ladi, keyingi yillardan boshlab asta-sekin pasayadi. Oziqlanish rejimi yuqori bo‘lganda mo‘l hosil beradi.

Hosildorligi – 16,4 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 25,9 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Germaniya.

1973-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Tupining bo‘yi baland, tarqoq, o‘rtacha serbarg, mevasi yirik, o‘rtacha vazni – 12,7 g.

Mevasi mayning ikkinchi o‘n kunligida pishadi. Mevasini terib olish davri 25-30 kunga cho‘ziladi.

Nav xo‘raki, dastlabki mevalari keng konussimon, qirrali, keyingilari esa dumaloq-konussimon. Rangi to‘q qizil, eti och qizil, mayin, sershira, mazasi nordon-shirin.

Hosildorligi – 48,1 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 52,7 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Akademik M.Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.

1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Tupi yirik, o‘rtacha yoyiq. Nav chillaki bo‘lib, aprel oyining oxiridan pisha boshlaydi. Meva pishish davri 25-30 kun.

Mevasi to‘q qizil xushbo‘y hidga ega.

Bu nav ertapisharligi bilan ajralib turadi.

Hosildorligi 150-200 s/ga, bir tupdagi hosil vazni 350-500 g, bir dona meva vazni 8-10 g, navning afzalligi – ertapishar va serhosil.

Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Mualliflar: R.M. Abdullayev, S.I. Yagudina, X.R. Abdullayeva.

2015 yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Butasining balandligi o‘rtacha, tupi ixcham, serbarg, sovuqqa chidamli.

Mevasi yirik, uzunchoq-konussimon, rangi qizil. Eti pushti-qizil, mazasi nordon-shirin, sal xushbo‘y. Nav qayta ishlashga va boshqa joylarga tashishga yaroqli.

Bu navning mevasi mayning ikkinchi o‘n kunligida pishadi. Meva tugish davri – 24-31 kunga cho‘ziladi, shu davr ichida 8-10 marotaba hosil terib olinadi.

Hosildorligi – 49,3 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 65,9 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: AQSH.

1973-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Tupi yirik, ixcham, barg yozishi yaxshi.

Mevalari juda yirik, o‘rtacha vazni 10-12 g, bir tupdagi hosil vazni – 0,4-0,5 kg. Mevalarining eti olovrang, nordon-shirin mazali, xushbo‘y. Bir tekis hosil beradi.

O‘suv davri – 240-245 kun, o‘simlik bo‘yi – 0,5-5 sm. Terim davri – 20 kun. Mevasi sovuqqa, kulrang chirish kasaliga chidamli.

Hosildorligi – 150-200 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Akademik M.Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Mualliflar: S.I. Yagudina, V.V. Kuznetsov.

Mevasi nim pushti, suvli va hidi ozgina xushbuy. Tarkibida qand moddasi 10% gacha, C vitamini 48,9 mg/%.

Nav juda serhosil bo‘lib, aprelning uchinchi dekadasida pisha boshlaydi.

Gektaridan 180-220 s gacha hosil beradi.

Qayerda yaratilgan: mahalliy nav

2018-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Mevasi qizil rangda, nordon-shirin. Tarkibida qand moddasi 10,4% gacha, C vitamini 50,6 mg/%. Aprelning oxiri mayning boshida pishadi.

Gektaridan 180-220 s gacha hosil beradi.

2018-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Mevalari juda yirik – 45 g, o‘rtacha vazni 8-10 g ni tashkil etadi. Mevasi och qizil rangda bo‘lib, nordon-shirin.

Qurg‘oqchilikka chidamli nav. Mayning ikkinchi dekadasida pishib yetiladi. Transportda tashishga moyil. Tarkibida qand moddasi 15,4% gacha, C vitamini 50,6 mg/%.

Gektaridan 80-100 s gacha hosil beradi.

2018-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Mevasi qizil malina rangda, shirin, ozgina xushbo‘y hidga ega. Mevasining o‘rtacha vazni 12 g ni tashkil etadi.

Tarkibida qand moddasi 10,8% gacha, C vitamini 54,6 mg/%.

May oyida pisha boshlaydi. Gektaridan 210 s gacha hosil beradi.

2020-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: