Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Olcha

AGRO.UZ > Olcha
AGRO.UZ > Olcha

Olcha raʼnodoshlar oilasiga mansub barg to‘kuvchi daraxtlar turkumi, mevali daraxt. 150 ga yaqin turi bor. Asosan, Osiyoda, shu jumladan, O‘rta Osiyo va Kavkazda 25 ga yaqin turi o‘sadi.

Madaniy turlaridan oddiy olcha ko‘p tarqalgan. Olcha egallagan maydoni jihatidan olmadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Sovuqqa, qurg‘oqchilikka chidamli, unumdor tuproqlarda yaxshi o‘sadi va mo‘l hosil beradi. 30-100 yilgacha yashaydi, 20 yilgacha yaxshi hosil beradi.

Olcha danagidan, ildiz bachkisidan hamda payvandlab ko‘paytiriladi. Ekilgandan so‘ng, 3-4 yilda hosil beradi. 6-7 yildan boshlab to‘liq hosil beradi.

O‘zbekistonda, ayniqsa, Samarqand viloyatida yetishtiriladigan olcha asosan qoqi qilinadi. Olchaning ko‘pgina navlari soyaga chidamli. Tomorqa maydonlarida ular qalin o‘sib yaxshi hosil beradi lekin, yorug‘lik yetarli bo‘lganda, yana-da mo‘l hosil berishi mumkin.

O‘zbekistonda olchaning 6 turi ekiladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan olcha mahsuloti Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkmaniston kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Olcha navlari

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha bo‘lib, shox-shabbasi yassi-sharsimon, ko‘chati ekilgandan so‘ng to‘rtinchi yili hosilga kiradi. Nav o‘z-o‘zidan changlanmaydi, olchaning Lyubskaya 15 navi eng yaxshi changlanuvchi navlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Mevasi o‘rtacha kattalikda, o‘rtacha vazni – 4,1 g. Iyulning ikkinchi o‘n kunligida yetiladi.

Hosildorligi – 97,9 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 217,6 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Ispaniya.

1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi past – 3,5 m, shox-shabbasi sharsimon. Ko‘chati ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kiradi.

Mevasi dumaloq, yuraksimon, rangi to‘q qizil, yirik, o‘rtacha vazni – 4,9 g. Eti to‘q sariq, qizil, mayin, sershira, mazasi nordon-shirin, danagi etidan yaxshi ajraladi, sal taxiri bor.

Nav ertapishar, mevasi iyunning birinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 49,8 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 86,4 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston Respublikasidagi 10-Yangiyo‘l uzumchilik-bog‘dorchilik Davlat xo‘jaligi.

Mualliflar: V.V. Kuznetsov, A.N. Leyn.

1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi baland – 7,0 m. Mevasi yirik, dumaloq, uchi to‘mtoq, rangi to‘q qizil, qoraga yaqin, o‘rtacha vazni – 4,9 g. Eti to‘q qizil, mayin, sershira, mevasi nordon-shirin, ancha zich.

Nav ertapishar, mevasi iyunning ikkinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 79,1 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 161,2 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Germaniya.

1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish учун tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha – 5,5 m, ko‘chati ekilgandan so‘ng to‘rtinchi yili hosilga kiradi.

Mevasining shakli dumaloq, asosiy rangi to‘q qizil, mevasi uncha katta emas, o‘rtacha vazni – 3,0 g. Eti to‘q qizil, zich, o‘rtacha sershira, mayin, mazasi nordon-shirin.

Nav ertapishar, mevasi iyulning uchinchi o‘n kunligida pishadi.

Hosildorligi – 112,7 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 186,8 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston xalqi tomonidan.

1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Samarqand viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha – 2,9 m, ko‘chati ekilgandan so‘ng oltinchi yili hosilga kiradi.

Mevasining rangi to‘q qizil, o‘rtacha vazni – 4,0 g. Eti sershira, to‘q qizil, o‘rtacha vazni – 4,0 g, mayin.

Nav ertapishar, mevasi iyunning ikkinchi o‘n kunligida pishadi.

Hosildorligi – 26,0 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 40,8 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Oryol mevachilik tajriba stansiyasi.

1991-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Samarqand viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha – 3,3 m, shox-shabbasi dumaloq, qalinligi o‘rtacha.

Mevasi yassi, dumaloq, yaltiroq to‘q qizil, yirik, o‘rtacha vazni – 4,8 g.

Hosildorligi – 90,5 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 199,2 s/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston xalqi tomonidan.

1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: