– 103 600 ta qishloq xo‘jaligi ob’ektida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning o‘rtacha foyda normasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda dehqon bozorlarida sotilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarining o‘rtacha yillik narxlari, tumanlar bo‘yicha paxta xom ashyosi va boshoqli ekinlar doni o‘rtacha xarid narxlari, yalpi hosili, shuningdek asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan maydonlar to‘g‘risida malumotlar tahlil qilinib, normativ qiymatni hisoblash uchun dasturiy ta’minotga kiritiladi.
Bundan tashqari, har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yagona ro‘yxatlar olinib, ularning bonitet balllari hisoblab chiqilib, dasturiy ta’minotga kiritiladi.
Ushbu ishlar yakuni bilan qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilarning yagona yer solig‘ini undirish summasi aniqlanadi.
Navoiy viloyatida 2 mln 900 ming gektar yaylov yerlarida geobotanik tadqiqotlar amalga oshiriladi.
Ushbu hududlardagi yaylovlarning hosildorligi, suv bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganiladi. Elektron raqamli geobotanik xaritalar shakllantiriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: