Namangan viloyati
Boshqarma boshlig‘i: Abdusalomov Azizbek Baxtiyor o‘g‘li
Qabul kunlari: Har oyning to‘rtinchi chorshanbasi
Manzil: Namangan sh., Hamroh k., 66-uy
Telefon: (0369) 227-64-55
E-mail: namangan@agro.uz
Namangan viloyati
Boshqarma boshlig‘i: Abdusalomov Azizbek Baxtiyor o‘g‘li
Qabul kunlari: Har oyning to‘rtinchi chorshanbasi
Manzil: Namangan sh., Hamroh k., 66-uy
Telefon: (0369) 227-64-55
E-mail: namangan@agro.uz
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning umumiy ekin maydoni – 185 811 gektarga teng.
Namangan viloyatida jami 23 agroklaster ishlaydi. Ulardan 7 ta paxta-to‘qimachilik (ishlab chiqarish quvvati – 201 250 tonna), 9 ta g‘allachilik va 5 ta meva-sabzavotchilik (ishlab chiqarish hajmi – 20 300 tonna), shuningdek, 2 ta dorivor o‘simliklar klasterlari (ishlab chiqarish quvvati – 2 tonna). Ularga 104 206 gektar maydon biriktirilgan, shundan 23 128 gektari bevosita klasterlarga biriktirilgan, klaster tarkibiga kiruvchi 3 177 ta fermer xo‘jaliklari esa 39 990 gektar maydonga egalik qiladi.
11 ta kooperatsiya va 7 ta agrologistika markazlari faoliyat yuritadi.
Viloyatda 4 993 ta fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 2 362 tasi paxta g‘allachilik, 1 323 tasi bog‘dorchilik-uzumchilik, 219 tasi sabzavotchilik va polizchilik, 927 tasi chorvachilik, 105 tasi esa boshqa yo‘nalishlarda.
244 gektar maydon 143 ta fermer xo‘jaligi tomonidan issiqxonalarga taqsimlangan.
Hozirgi kunda 144 ta fermer xo‘jaligiga 3 240 gektar maydon intensiv bog‘lar uchun berilgan.
Asosiy yer maydoni – 195 626 gektar. Shundan: vaqtincha yoshlar uchun ajratilgan yerlar – 16 678 gektar; texnik ekinlar (paxta) – 63 406 gektar; g‘alla ekinlari (bug‘doy) – 67 750 gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 1 600 gektar; dukkaklilar – 11 829 gektar (no‘xat – 2 712 gektar, mosh – 5 199 gektar, loviya – 2 150 gektar, fasol – 1 178 gektar, yeryong‘oq – 590 gektar); moyli ekinlar – 6 094 gektar (kungaboqar – 5 814 gektar, kunjut – 280 gektar); sabzavotlar – 12 505 gektar, shundan: piyoz – 753 gektar, sarimsoq – 603 gektar (avgust-sentyabrda ekish uchun); piyoz – 997 gektar, sabzi – 617 gektar, lavlagi – 403 gektar, ko‘katlar – 1 217 gektar, ukrop – 322 gektar, petrushka – 448 gektar, koriandr – 447 (to‘qsonbosti usulida); pomidor – 33 gektar, bodring – 20 gektar (issiqxonalarda); pomidor – 11 161 gektar, bodring – 306 gektar, sabzi – 1 278 gektar, karam – 761 gektar (gulkaram – 351 gektar, karam – 410 gektar), ko‘katlar – 1 127 gektar, ukrop – 593 gektar, petrushka – 143 gektar, koreandr – 391 gektar, rediska – 131 gektar, bulg‘or qalampiri – 952 gektar, qalampir – 39 gektar, baqlajon – 581 gektar, lavlagi – 399 gektar (bahorda asosiy ekin yerlarida); poliz ekinlari – 3 087 gektar (tarvuz – 1 359 gektar, qovun – 1 643 gektar, qovoq – 85 gektar); kartoshka – 8 060 gektar; ozuqabop ekinlar – 15 227 gektar; past ball bonitetli ko‘p yillik daraxtlar – 4 175 gektar (mevali daraxtlar – 2 716 ga, danaklilar – 2 031 gektar mevalilar – 658 gektar), uzumzorlar – 1 135 gektar; tutzorlar – 324 gektar.
Takroriy ekin uchun yer maydoni – 73 272 gektar. Shundan: sabzavotlar – 6 1-9 gektar (sabzi – 2 358 gektar, pomidor – 492 gektar, bodring – 26 gektar, sholg‘om – 954 gektar, turp – 776 gektar, karam – 391 gektar, baqlajon – 136 gektar); bulg‘or qalampiri – 666 gektar; lavlagi – 400 gektar; kartoshka – 3 867 gektar; poliz ekinlari –1 447 gektar (tarvuz – 801 gektar, qovun – 620 gektar, qovoq – 26 gektar); moyli ekinlar – 6 400 gektar (kungaboqar); ozuqabop ekinlar – 4 149 gektar; dukkaklilar – 36 349 gektar (mosh – 23 992 gektar, loviya – 1 108 gektar, fasol – 5450 gektar, yeryong‘oq – 5 799 gektar); sholi – 1 995 gektar; ozuqabop ekinlar – 12 865 gektar.
Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni – 19 345 gektar (mevali bog‘lar – 14 637 gektar, uzumzorlar – 4 708 gektar).
Ekinlar. Avgust-sentyabr: piyoz – 1 081 gektar; sarimsoq – 1 092 gektar. To‘qsonbosti usulida: piyoz – 1 221 gektar, sabzi – 1 389 gektar, lavlagi – 513 gektar, ko‘katlar – 1 244 gektar, karam – 588 gektar. Bahorda: pomidor – 355 gektar; bodring – 35 gektar; sabzi – 544 gektar; karam – 200 gektar; ko‘katlar – 100 gektar; bulg‘or qalampiri – 99 gektar; qalampir – 5 gektar; kartoshka – 804 gektar; poliz ekinlari – 292 gektar; dukkaklilar – 1 973 gektar.
– Namangan viloyatida birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish;
– agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
– agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
– viloyatda keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;
– qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish
va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;
– o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
– taʼlim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: