Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Qashqadaryo viloyati

AGRO.UZ > Qashqadaryo viloyati
AGRO.UZ > Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati

Boshqarma boshlig‘i: Haydarov G‘anisher Ahmadovich
Qabul kunlari: Haftaning dushanba-shanba kunlari soat 9:00 dan – 12:00 gacha
Manzil: Qarshi shahar, O‘zbekiston ko‘chasi, 81/a-uy
Telefon: (98) 275-82-10
E-mail: qashqadaryo@agro.uz

Viloyatda qishloq xo‘jaligi yerining umumiy maydoni 2 322 754 gektarni tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni – 362 871 gektar.

Hammasi bo‘lib, Qashqadaryo viloyatida 34 ta agroklaster ishlaydi. Shundan 13 tasi paxtachilik-to‘qimachilik, 15 tasi g‘allachilik va 6 tasi meva-sabzavotchilik klasterlari.

Viloyatda 12 339 ta fermer xo‘jaligi va 462 606 ta dehqon xo‘jaliklari mavjud.

353,9 gektar maydon 382 ta fermer xo‘jaligi tomonidan issiqxonalarga taqsimlangan.

Ayni paytda 131 ta fermer xo‘jaligiga 3 213 gektar yer intensiv bog‘lar uchun ajratib berilgan.

Asosiy yerlarning maydoni – 381 875 gektar. Shundan: vaqtinchalik yoshlarga ajratiladigan yerlar – 34 517 gektar; texnik ekinlar (paxta) – 135 900 gektar; g‘alla ekinlari – 140 ming (bug‘doy – 137 000 gektar, arpa – 3 000 gektar); ozuqabop makkajo‘xori – 2 450 gektar; dukkaklilar – 15 308 gektar (no‘xat – 6 490 gektar, mosh – 4 850 gektar, loviya – 1896) fasol – 1 310 gektar, yeryong‘oq – 756 gektar); moyli ekinlar – 17 722 gektar (soya – 15 000 gektar, kungaboqar – 1 972 gektar, kunjut – 750 gektar); sabzavotlar – 9 744 gektar, ulardan piyoz – 1 862 gektar, sarimsoq – 1 078 gektar (avgust-sentyabr uchun ekish); sabzi – 1 422 gektar, lavlagi – 161 gektar, ko‘katlar – 1 000 gektar, ukrop – 468 gektar, petrushka – 522 gektar, ko‘kpiyoz – 10 gektar, karam – 494 gektar (gulkaram – 161 gektar, brokkoli – 145 gektar, karam – 188 gektar) (to‘qsonbosti usulida); pomidor – 69 gektar, bodring – 57 gektar, ko‘katlar – 4 gektar (issiqxonalarda); pomidor – 373 gektar, bodring – 455 gektar, sabzi – 727 gektar, piyoz – 503 gektar, sarimsoq – 323 gektar, karam – 319 gektar, (gulkaram – 91 gektar, karam – 228 gektar), ko‘katlar – 378 gektar, ukrop – 195 gektar, petrushka – 178 gektar, ko‘kpiyoz – 5 gektar, bulg‘or qalampiri – 281 gektar, qalampir – 156 gektar, sholg‘om – 80 gektar (bahorda asosiy ekin yerlarida); poliz ekinlari – 3 478 gektar (tarvuz – 1 760 gektar, qovun – 479 gektar, qovoq – 1239 gektar); kartoshka – 3 968 gektar; ozuqabop ekinlar – 45 379 gektar; past ball bonitetli ko‘p yillik daraxtlar – 7 926 gektar (mevali daraxtlar – 3 000 gektar (danaklilar – 3000 gektar); uzumzorlar – 2 700 gektar, tutzorlar – 2 700 gektar.

Takroriy ekin uchun er maydoni – 85 418 gektar. Shundan: sabzavot – 4 935 gektar (sabzi – 4 935); kartoshka – 2 500 gektar; poliz ekinlari (tarvuz) – 520 gektar; moyli ekinlar – 9 006 gektar (kunjut – 1 806 gektar, kungaboqar – 7 200 ga); ozuqabop makkajo‘xori – 9 155 gektar; dukkaklilar – 24 220 gektar (mosh – 23 020 gektar, loviya – 450 gektar, yenyorg‘oq – 750 gektar); ozuqabop ekinlar – 28 372 gektar.

Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni – 25 698 gektar (mevali bog‘lar – 18 902 gektar, uzumzorlar – 6 796 gektar). Ekinlar. Avgust-sentyabr: piyoz – 402 gektar; sarimsoq – 143 gektar. To‘qsonbosti usulida: sabzi – 241 gektar, ko‘katlar – 674 gektar. Bahorda: pomidor – 159 gektar; bodring – 81 gektar; ko‘kpiyoz – 60 gektar; bulg‘or qalampiri – 121 gektar; qalampir – 65 gektar; kartoshka – 750 gektar; poliz ekinlari – 949 gektar; dukkaklilar – 3 195 gektar; makkajo‘xori – 1 520 gektar.

– Qashqadaryo viloyatida birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish;

– agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;

– agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;

– viloyatda keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;

– qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish
va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;

– o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– taʼlim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: