Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Surxondaryo viloyati

AGRO.UZ > Surxondaryo viloyati
AGRO.UZ > Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Boshqarma boshlig‘i: Murodov Muhiddin Nazarovich
Qabul kunlari: Haftaning har dushanba kuni soat 9:00 dan – 11:00 gacha
Manzil: Termiz shahar, M. Qaxxor ko‘chasi, 10 uy
Telefon: (76) 223-32-17
E-mail: surxondaryo@agro.uz

Viloyatda qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 276 399 gektarni tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni – 237 471 gektar.

Surxondaryo viloyatida jami 29 ta agroklaster faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 8 tasi paxta-to‘qimachilik (ishlab chiqarish hajmi 24 677 tonna), 8 tasi g‘allachilik (ishlab chiqarish hajmi – 171 500 tonna) va 13 tasi meva-sabzavotchilik (ishlab chiqarish hajmi – 92 688 tonna). Ularga 169 217 gektar yer biriktirilgan, shundan 11 340 gektari klasterga biriktirilgan bo‘lsa, klasterga kiradigan 4 961 ta fermer xo‘jaligi 157 877 gektar maydonga egalik qiladi. 3 ta agrologistika markazlari faoliyat yuritadi.

Viloyatda 5 698 ta fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 1 859 tasi paxta-g‘allachilik, 136 tasi g‘allachilik, 964 tasi bog‘dorchilik, 780 tasi bog‘dorchilik-uzumchilik, 465 tasi uzumchilik, 98 tasi bog‘dorchilik va polizchilik, 86 tasi bog‘dorchilik-g‘allachilik, 983 tasi chorvachilik, 31 tasi ipakchilik, 35 tasi parrandachilik, 189 tasi baliqchilik, 21 tasi asalarichilik, 51 tasi boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashgan.

Viloyatda 404,1 gektar maydon 122 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan issiqxonalar uchun ajratilgan bo‘lib, ularning 45 gektarlik 5 tasi gidroponika usulidagi, 359,1 gektarlik 117 tasi esa plyonka usulidagi issiqxonalardir.

Asosiy yer maydondari – 231 428 gektar. Shundan: yoshlarga vaqtinchalik beriladiganlari – 16 020 gektar; texnik ekinlar – 72 370 gektar (paxta – 72 370 gektar); g‘alla ekinlar (bug‘doy) – 90 800 gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 2 450 gektar; sholi – 2 424 ga; dukkaklilar – 6 131 ga (no‘xat – 363 ga, mosh – 1 062 ga, loviya – 37 ga, yeryong‘oq – 4 669 ga); moyli ekinlar – 1 000 ga (soya – 1 000 ga); sabzavotlar – 18 075 ga, shundan: piyoz  – 461 ga, sarimsoq – 383 ga (avgust-sentyabrdagi ekish); piyoz – 3 358 ga, sabzi – 595 ga, lavlagi – 89 ga, ko‘kat– 3 361 ga (selderey – 2 ga, aysberg – 2 ga, ukrop – 1 878 ga, petrushka – 1 347 ga, koriandr – 34 ga, ko‘kpiyoz – 98 ga, karam – 2 719 ga (gulkaram – 593 ga, brokkoli – 340 ga, kolrabi – 11 ga, karam – 1 775 ga); rediska – 46 ga (to‘qsonbosti usulida); pomidor – 172 ga, bodring – 63 ga, ko‘kat – 13 ga bulg‘or qalampiri– 30 ga (issiqxonalarda); pomidor – 1 895 ga, bodring – 432 ga, sabzi – 887 ga, piyoz – 165 ga, sarimsoq – 60 ga, karam– 774 ga (gulkarm – 118 ga, brokkoli – 25 ga, karam – 631 ga), ko‘kat – 1 738 ga (ukrop – 707 ga, petrushka – 751 ga, koriandr – 277 ga, ko‘kpiyoz – 3 ga); rediska – 47 ga, bulg‘or qalampiri– 329 ga, qalampir – 1 ga, baqlajon – 257 ga, lavlagi – 85 ga, sholg‘om – 76 ga, turp – 39 ga (bahorda asosiy ekin maydonlarida); poliz ekinlari – 3 386 ga (tarvuz – 2 440 ga, qovun –  712 ga, qovoq – 234 ga); kartoshka – 4 128 ga; ozuqabop ekinlar – 17 502 ga; past ball bonitetli ko‘p yillik daraxtlar – 13 162 ga (mevali daraxtlar – 8 228 ga (danaklilar – 6 203 ga, mevalilar– 2 025 ga), uzumzorlar– 1 698 ga, tutzorlar – 3 236 ga).

Takroriy ekin uchun yer maydoni – 94 389 ga. Shundan: sabzavotlar – 19 512 ga (sabzi – 4 362 ga, pomidor – 1 656 ga, bodring – 141 ga, sholg‘om – 320 ga, turp – 237 ga, karam – 3 308 ga, baqlajon – 97 ga); ko‘kat – 8 877 ga (petrushka – 2 310 ga, koriandr – 334 ga, ko‘kpiyoz – 98 ga, ukrop – 6 035 ga, rediska – 100 ga); bulg‘or qalampiri – 396 ga; qalampir – 11 ga; lavlagi – 107 ga; poliz ekinlari – 5 356 ga (tarvuz – 3 752 ga, qovun – 861 ga, qovoq – 743 ga); moyli ekinlar– 1 ga (kunjut); ozuqabop makkajo‘xori – 5 803 ga; dukkaklilar – 40 194 ga (mosh – 20 480 galoviya – 154 ga, fasol – 251 ga, yeryong‘oq – 19 309 ga); ozuqabop ekinlar – 17 508 ga.

Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni – 23 551 ga (mevali bog‘lar – 14 735 ga, uzumzorlar – 8 816 ga). Ekinlar. Avgust-sentyabr: piyoz – 86 ga; sarimsoq – 240 ga. To‘qsonbosti usulida: piyoz – 1 667 ga, sabzi – 1 061 ga, lavlagi – 146 ga, ko‘katlar – 1 191 ga, karam – 1 997 ga. Bahorda: pomidor – 299 ga; bodring – 69 ga; sabzi – 43 ga; piyoz – 37 ga, karam – 108 ga; ko‘kat – 124 ga; poliz ekinlari – 986 ga; dukkaklilar – 570 ga, makkajo‘xori – 360 ga.

Hozirgi vaqtda viloyatda 2 667 ga yer maydoni 525 fermer xo‘jaliklariga intensiv bog‘lar uchun ajratilgan.

– Surxondaryo viloyatida birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish;

– agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;

– agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;

– viloyatda keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;

– qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish
va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;

– o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– taʼlim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: