Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirishda “ochiq tanlov” jarayonlarini tashkil etish;
• tanlov bosqichlarida malaka talablari, nazariy bilim va shaxsiy sifatlarini e’tiborga olib, nomzodlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Tanlov Komissiyasi faoliyatini tashkil etish;
• kadrlar salohiyatini doimiy ravishda rivojlantirish va ularni to‘liq ishtirokini ta’minlash asosida vazirlik oldida turgan strategik vazifalarga erishishda har bir xodimning shaxsiy hissasini oshirishga ko‘maklashish ;
• Xodimlarni o‘qitish va malakasini tizimli ravishda oshirib borishini nazorat qilish, oliy ta’lim muassasalari va ularning bitiruvchilari yoshlar bilan hamkorlik ishlarini olib borish;
• xodimlar hisobini va xodimlar bo‘yicha ish yuritishni olib borish, zahira xodimlar tarkibini shakllantirish, yangilash va to‘ldirish ishlarini amalga oshirish;
• xodimlarni moddiy va nomoddiy rag‘batlantirish, faoliyatini baholash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
• xodimlarda kasbiy odob-ahloq va korporativ madaniyatni shakllantirish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish;
• xodimlar bilan ishlash yo‘nalishini takomillashtirish, jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha tegishli ishlarini olib borish.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: