Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Yer axborot bazasini yaratish bo‘limi

AGRO.UZ > Yer axborot bazasini yaratish bo‘limi
AGRO.UZ > Yer axborot bazasini yaratish bo‘limi
Bo‘limning vazifalari va funksiyalari: 

– qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan, suv resurslaridan samarali foydalanish va ekinlar holatini nazorat qilishning idoraviy va idoralararo axborot tizimlarini joriy etish choralarini ko‘rish;

 vazirlik tarkibidagi tashkilotlarga ko‘rsatiladigan yer axborot bazasiga oid bo‘lgan ma’lumotlarni to‘liq elektron almashinuv shaklga o‘tkazish choralarini ko’rish  hamda amaliyotga tadbiq etish;

–  konturlar kesimida ekin maydonlarining joylashuvini hamda  o‘zgarishlarni  sun’iy intellekt texnologiyalari asosida aniqlash uslublarini ishlab chiqish. (Sentinel 2 Sun’iy yo‘ldoshi multispectral suratlari yordamida ekinlarni joylashuvi, o‘simlik rivojlanishini tahlil qilish, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazilish bo‘yicha masofadan monitoring monitoring yuritish, o‘simliklarni kasallanish holatlarini aniqlash;

– agrosanoat va oziq-ovqat sohasiga oid ma’lumotlar bazasini yaratish va boshqa vazirlik va idoralar ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilinishi ta’minlashda faol ishtirik etish;

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik taqdiqotlar agentligi, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan respublikada xorijiy yo‘ldosh apparatlardan maʼlumotlarni qabul qilish virutal va yer usti stansiyasini tashkil etish, maʼlumotlarga ishlov berish va agrar soha tashkilotlarida ishlab chiqarishda amaliy qo‘llash maqsadlarida foydalanish masalalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

–  “ArcGIS” dasturi yordamida qishloq xo‘jaligi yerlarining asosiy va takroriy ekin turlari, hosildorlik darajasidan kelib chiqib, interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega yagona yer axborot bazasini shakllantirish hamda uning milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlashda ishtirok etish;

– geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy davlatlarning tajribalarini o‘rgangan holda ularni respublikaga tadbiq qilish choralarini ko‘rish;

– Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun “onlayn” rejimida o‘quv mashg‘ulotlari, seminarlari va treninglarni doimiy ravishda tashkil etib borilishida qatnashish;

– har mavsum uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarining (paxta, g‘alla, sholi, kartoshka, moyli ekin va boshqalar) ekilishini kosmik suratlar yordamida masofadan tahlil qilish tizimini joriy etishga ko‘maklashish, shakllantirilgan ma’lumotlarni yangilab borish, o‘tgan mavsum ko‘rsatkichlari bo‘yicha solishtirish orqali ArcGIS dasturiy ta’minoti yordamida o‘rtadagi tafovutlarni ko‘rib chiqish, keyingi yil qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun bashorat qilish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga ko‘maklashish;

– Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladigan ochiq portal veb-saytida (agro.uz) ekinlar, chorvachilik, pillachilik, bo‘g‘dorchilik, loyihalar, suvdan foydalanish bo‘yicha taqdim etiladigan hisobotlarda faol ishtirok etish hamda zaruriy qonun hujjatlarini ishlab chiqilishida qatnashish;

– Respublika qishloq xo‘jaligida yerlarning holati, ekinlar, suv resurslari to‘g‘risida va boshqa ma’lumotlarni o‘zida jamlaydigan axborot tizimini yaratish va uzluksiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlashga ko‘maklashish.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: