Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”ni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar grantlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablag‘larni jalb etish choralarini ko‘rish;
– Strategiyani amalga oshirishni Muvofiqlashtirish kengashi faoliyatini tashkil etish, yuritish va kengash bayonlari ijrosini tahlil qilish;
– Strategiyani amalga oshirish yuzasidan kelgusi yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqilishini tashkil etish;
– vazirlikning xorijiy aloqalarini tashkil etish va tahlil qilish, shu jumladan, xorijiy sheriklar bilan o‘zaro hamkorlikning darajasi va ko‘lami, ularning xalqaro munosabatlar tizimidagi roli va o‘rnidan kelib chiqib, vazirlikning xorijiy aloqalarda ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
– vazirlik tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) xalqaro shartnomalar va boshqa xalqaro hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini Yuridik boshqarma bilan birgalikda, ularning ijrosi taʼminlanishini tegishli boshqarmalar bilan birgalikda amalga oshirish;
– vazirlik va uning tizimidagi xodimlarning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini tashkil etishga ko‘maklashish va muvofiqlashtirish;
– xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash bo‘yicha vazirlik faoliyatini tashkil etish, bu borada mutasaddi tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, xorijiy reyting agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirish;
– vazirlikda, shuningdek tizim tashkilotlarida grant loyihalarini ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtirish hamda moliyalashtirish uchun taklif qilingan loyihaviy tashabbuslarini tasdiqlash;
– tashqi bepul yordam loyihalarining hisobini taʼminlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
– O‘zbekiston Respublikasi va donorlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
– O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan jalb qilingan tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqishda ishtirok etish.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: