Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish va soha bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlarini bajarish yuzasidan vazirlikning tegishli buyruqlarini hamda Hayʼat qarorlari loyihalarini tayyorlash;
– oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;
– oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish sohasida normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish;
– oziq-ovqat mahsulotlarining talab va taklif balanslarining prognozlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, aholini ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishonchli va uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
– sohada ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilashda, ilm-fan-texnika va innovatsion yutuqlarining targ‘ib va joriy qilinishida ishtirok etish;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlash korxonalari, tayyorlash va sotish tashkilotlari o‘rtasida bozor munosabatlari asosida, uning tayyorlanishi, saqlanishi, yana-da chuqurroq qayta ishlanishi va sotilishini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat xom ashyosi harakatining zamonaviy logistikasini keng joriy etish;
– meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini xorijiy tajribalar asosida qayta ishlash va chuqur qayta ishlash hamda ularning hajmlarini oshirish, xom ashyo bazasini kengaytirish, zamonaviy qayta ishlash quvvatlarini yaratish va qayta ishlash jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etish;
– ichki va tashqi bozor talablari, har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti, suv taʼminoti hamda ixtisoslashuvidan kelib chiqib, sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish hamda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
– meva-sabzavotchilik yo‘nalishida fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar, kooperatsiyalar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini rivojlantirish;
– qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish tamoyillariga muvofiq bo‘lgan organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimini yaratish bo‘yicha faoliyat olib borish;
– inson sog‘ligiga, atrof muhitga va hayvonot olamiga zarar yetkazmaydigan innovatsion texnika va texnologiyalar, usullar va jarayonlarni qo‘llagan holda isteʼmolchilar talablariga muvofiq bo‘lgan turli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarishga qulay sharoitlar yaratish;
– organik mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirishni nazorat qilish;
– organik yoki maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini asosida mahsulot ishlab chiqarish sohasida innovatsion texnika va texnologiyalar va usullarini ishlab chiqarish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini ko‘rish;
– xalqaro va ichki bozorlarda organik mahsulot ishlab chiqarish va savdosini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘ish.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: