Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– Agrosanoat kompleksi sohasida, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni, shu jumladan investitsion loyihalarni ishlab chiqish va shakllantirishga ko‘maklashish, amalga oshirish, ular ustidan nazorat o‘rnatish va muvofiqlashtirish;
– agrosanoat kompleksi, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida loyihalarni, shu jumladan, investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kredit, grant va texnik ko‘maklashish mablag‘larini jalb qilish;
– agrosanoat kompleksi shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish;
– loyihalar va subloyihalarning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, ularni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash hamda ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish;
– startap loyihalar tashabbuskorlari bilan hamkorlik qilish, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etish, energiyani tejaydigan va yuqori samarali loyihalarni amalga oshirish, agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasida laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolarini tashkil etishga ko‘maklashish;
– agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini boshqarish, nazorat qilish hamda monitoring qilish;
– kompleks ravishda izchil tahlil qilish hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish natijasida respublika agrosanoat sektorining rivojlanishidagi muammolar, «muammoli nuqtalar»ni va mavjud nomutanosobliklarni aniqlash.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: