Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– Vazirlik markaziy apparatining moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti ishlarini yuritish, moliyaviy holatlarini hisob-kitoblarini tashkil etadi;
– vazirlik tizimidagi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritishda hamda moliyalashtirish ishlarini takomillashtirishda yo‘riqnomalar, uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rsatmalarni joylarga yetkazish va uning amaldagi ijrosi ustidan ishlarni tashkil etadi;
– vazirlik markaziy apparati, tizimdagi boshqarma va boshqa byudjet tashkilotlari bo‘yicha shtat jadvallarini, xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash hamda Moliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazish va uning bajarilishini tashkil etadi;
– Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining xarajatlari smeta loyihalari asosida mablag‘ bilan taʼminlash uchun belgilangan muddatlarda Moliya vazirligiga talabnomalar tayyorlash hamda mablag‘lar bilan moliyalashtirish ishlarini muvofiqlashtirishni tashkil etadi;
– vazirlik tizimidagi boshqarma va tashkilotlarda debitorlik va kreditorlik shu jumladan ish haqidan bo‘lgan kreditorlik qarzlari to‘g‘risida tezkor maʼlumotlar olish, ularni umumlashtirish, tahlil qilish, kamaytirish chora-tadbirlarini belgilaydi;
– boshqarma o‘z vakolati doirasida vazirlik markaziy apparatining boshqarmalari bilan hamkorlikda vazirlik tizimidagi tashkilotlarda mavjud mol-mulklar, markazlashtirilgan mablag‘larning sarflanishi, jamg‘armadan maqsadli foydalanishni taʼminlash borasida tadbirlar ishlab chiqilishida qatnashadi;
– vazirlik markaziy apparati xodimlari ish haqining o‘z vaqtida berilishini taʼminlash, safar xarajatlari bo‘yicha chiqimlarini tahlil qilib borish va ularning maqsadli sarflanishini tashkil etadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: