Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– vazirlikka berilgan vakolatlar doirasida agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
– qishloq va suv xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan topshiriqlar bo‘yicha hujjatlar puxta tayyorlanishini, vakolatli organlarga kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini, hisob-kitoblarning asoslanganligini, kafolatlangan moliyalashtirish manbalari va erishiladigan prognoz natijalarning aniqligini nazarda tutgan holda taʼminlash;
– qishloq xo‘jaligida yerlarning holati, ekinlar, suv resurslari haqidagi va boshqa maʼlumotlarni o‘zida jamlaydigan axborot tizimini yaratishni tashkil etish;
– “Aqlli qishloq xo‘jaligi”ni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;
– yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini kengaytirish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
– qishloq xo‘jaligida zamonaviy “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi faoliyatini yo‘lga ko‘yishda yangi zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish;
– vazirlik markaziy apparati va uning tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berish;
– vazirlik markaziy apparati va uning tizimida axborot xavfsizligini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
– idoralararo elektron hamkorlik qilishni taʼminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
– vazirlikda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish;
– vazirlik tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: