Bo‘limning vazifalari va funksiyalari:
– Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari, vazirlikning ishonch telefoni orqali yo‘llagan, shuningdek, og‘zaki, yozma yohud elektron shakldagi murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini taʼminlash;
– fuqarolarning murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish;
– kelib tushayotgan murojaatlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qatʼiy amal qilgan holda, to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etish;
– vazirlikka kelib tushgan hamda tegishliligi bo‘yicha tizim tashkilotlariga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;
– jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini vazir, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosarlari hamda masʼul xodimlar ishtirokida, shu jumladan sayyor qabullar va videokonferensaloqa orqali o‘tkazish;
– vazirlikka kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilinishi bo‘yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo‘li bilan murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;
– vazirlik tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganishni tahlil etish, umumlashtirish va bu borada faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: