Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– Vazirlikning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;
– vazirlik tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
– vazirlikning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida tizim tashkilotlari ishini muvofiqlashtirish;
– vazirlik xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
– shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, vazirlikning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: