Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– vazirlikka berilgan vakolatlar doirasida agrar sohada geoaxborot texnologiyalarni qo‘llash va uni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
– geoaxborot texnologiyalarining manbalaridan bo‘lgan Yerni masofadan zondlash yo‘ldosh apparatlari va uchuvchisiz uchish apparatlari maʼlumotlari bazasini shakllantirish va undan agrar sohada foydalanishga shart-sharoitlarini yaratish;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik taqdiqotlar agentligi, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan respublikada xorijiy yo‘ldosh apparatlardan maʼlumotlarni qabul qilish virutal va yer usti stansiyasini tashkil etish, maʼlumotlarga ishlov berish va agrar soha tashkilotlarida ishlab chiqarishda amaliy qo‘llash maqsadlarida foydalanish masalalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
– geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari yuzasidan xorijiy va mahalliy ilmiy tadqiqot institutlari, o‘quv muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish ishlarini amalga oshirishda qatnashish;
– agrar sohada geoaxborot texnologiyalari bilan amaliy ishlash asosida Yer, raqamli geofazoviy maʼlumotlar to‘g‘risidagi ilm-fan sohalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatining amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
– fazoviy maʼlumotlar va ular bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risida axborotlarni to‘plash, saqlash, tahlil qilish va grafik vizuallashtirish tizimini yaratish va uni takomillashtirishda ishtirok etish;
– geoaxborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha dasturiy taʼminot ishlab chiqishni rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritish;
– agrar sohada geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishlarida geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturlar
va konsepsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
– qishloq xo‘jaligi ekinlarining (paxta, g‘alla, sholi, kartoshka, moyli ekin va boshqalar) ekilishini kosmik suratlar yordamida tahlil qilish tizimini joriy etishga ko‘maklashish;
– “ArcGIS” dasturi yordamida qishloq xo‘jaligi yerlarining asosiy va takroriy ekin turlari, hosildorlik darajasidan kelib chiqib, interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega yagona yer axborot bazasini shakllantirish hamda uning milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlashda ishtirok etish;
– geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy va hududiy tashkilot va korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va huquq-majburiyatlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: