Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– Agrologistik markazlarni tashkil etish va infratuzilmani rivojlantirish va soha bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlarini bajarish yuzasidan vazirlikning tegishli buyruqlarini hamda Hayʼat qarorlari loyihalarini tayyorlash;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlash korxonalari, tayyorlash va sotish tashkilotlari o‘rtasida bozor munosabatlari asosida, uning tayyorlanishi, saqlanishi, yana-da chuqurroq qayta ishlanishi va sotilishini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat xom ashyosi harakatining zamonaviy logistikasini keng joriy etish;
– meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, maxsus saqlash omborlari va sovutish kameralarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarini tashkil etishga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
– agrologistika xizmatlarini ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi isteʼmol mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
– sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yaqin va uzoq istiqbolli rejalarni belgilash hamda rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqilishida takliflar bilan ishtirok etish;
– tasdiqlangan shakllar bo‘yicha davriy maʼlumotlar olib borish, umumlashtirish va tahlil etish, sohani rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar tayyorlab, raxbariyatga kiritish;
– sohada ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilashda, ilm-fan-texnika va innovatsion yutuqlarining targ‘ib va joriy qilinishida ishtirok etish.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: