Devonxonaning vazifalari va funksiyalari:
1. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, tizim tashkilotlari va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlash, idoraviy ish yuritishni tashkil etish, ularning bu boradagi faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish.
2. Idoraviy ish yuritish talablariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash, bu yo‘nalishdagi faoliyatni tartibga solishga qaratilgan boshqaruv hujjatlarini tayyorlash.
Ushbu yo‘nalishlarda quyidagilar amalga oshiriladi:
– Vazirlikka boshqa tashkilotlardan yuborilgan hujjatlarni faqat devonxona tomonidan qabul qilinishini, kelib tushgan hujjat vazirlikning “Germes” elektron dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlash;
– ro‘yxatga olingan hujjatni rezolyutsiya “fishka” qo‘yilishi uchun vazirlikning tegishli bo‘limi rahbariga taqdim etish;
– hujjatga rahbar rezolyutsiyasi qo‘yilganidan so‘ng belgilangan muddatlarda ijrochiga yetkazib berishni taʼminlash;
– vazirlik markaziy apparati ish yurituvidagi chiquvchi hujjatlarni qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish;
– chiquvchi hujjatlarni ko‘rsatilgan manzillarga “Ye-xat” elektron dasturi orqali elektron uzatilishini yoki “Feldyeger” maxsus xizmati yohud chiquvchi hujjatlarni tegishli tashkilotlarga yetkazilishini taʼminlaydigan boshqa vositalar orqali hujjat rahbar imzosidan chiqqan kuni soat 12.00 gacha jo‘natilishini taʼminlash;
– hujjatga rahbar rezolyutsiyasi qo‘yilganidan so‘ng belgilangan muddatlarda ijrochiga yetkazib berishni taʼminlash;
– vazirlik markaziy apparati ish yurituvidagi ishlab chiqarish buyruqlari belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlargacha saqlash, buyruqlar ijrosi yuzasidan nazorat bandlarini mavjud bo‘lgan hollarda “Germes” elektron dasturi orqali ro‘yxatga olinishini hamda ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazishini taʼminlash, belgilangan muddatlarda vazirlik arxiviga topshirish.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: