Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– qishloq xo‘jaligi statistikasini yuritish sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
– qishloq xo‘jaligi sohasiga doir statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, tarqatishning ishonchli tizimini joriy etish;
– qishloq xo‘jaligi statistikasi sohasiga axborot texnologiyalarini joriy etishda ishtirok etish;
– qishloq xo‘jaligining yillik hisobotini (Annual agriculture report) ishlab chiqish va chop etish.
Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) qishloq xo‘jaligi statistikasini yuritish sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
– agrar statistikani yuritish uchun qonunchilik asoslarini ishlab chiqadi;
– agrar statistikani yuritish uchun mas’ul idorani faoliyatini belgilash va institutsional o‘zgarishlar bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
– agrar statistika hisobotlari takomillashtirish, kuzatishni ishlari va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish rejani shakllantiradi va unga zarur bo‘lgan budjet mablag‘larini hisoblaydi;
– agrar statistikani rivojlantirish rejasi to‘g‘risida keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, qishloq xo‘jalik sohadagi xodimlari va boshqa maqsadli guruhlar bilan ishlash dasturlarini ishlab chiqadi;
b) qishloq xo‘jaligi sohasiga doir statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, tarqatishning ishonchli tizimini joriy etish sohasida:
– dunyoning rivojlangan davlatlarida agrar statistikasi yuritilishi, joriy xalqaro standartlari, statistik metodlarining rivojlanishi va ularni zamonaviy metodlarini bilan taqqoslash haqida tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi;
– FAO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Jahon qishloq xo‘jaligini ro‘yxat olish (Agriculture Census) global dasturi faol ishtirok etish bo‘yicha ishlar rejasini ishlab chiqadi;
– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikani (agrar statistikani) yuritishning integrallashgan tizimining tamoyillarini ishlab chiqadi;
– agrar statistika kamrab olishi kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlar va indikatorlar ro‘yxatini shakllantiradi;
– agrar statistika yuritish, ma’lumotlarni yig‘ish va to‘plash metodlarni ishlab chiqadi;
– agrar statistikani yuritishda ma’lumotari ishonchligi va haqqoniyligini ta’minlash maqsadida yuqori sifat standartlarini joriy etish tizimi ishlab chiqadi – hujjatlarni yuritish ichki qoidalari, malaka oshirish rejalari, sifatni nazorat qilish tizimi, tizimni baholash metodlari (programme evaluation), texnologik talablar;
– statistika ma’lumotlarida individual va personalashgan (konfidensial) ma’lumotlarni oshkor etmaslik qoidalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
– statistika ma’lumotlarni keng ommaga va maqsadli foydalanuvchilar e’lon qilish tartibini hamda pullik xizmatlarini ko‘rsatish tamoyillarini ishlab chiqadi;
v) qishloq xo‘jaligi statistikasi sohasiga axborot texnologiyalarini joriy etishda ishtirok etish sohasida:
– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistika sohada joriy holatda qo‘llanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli xizmatlar va ma’lumotlar bazalarini baholash ishlarini olib boradi;
– qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini kiritish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratishda ishtirok etadi;
– qishloq xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv va statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash hamda monitoring qilishga mo‘ljallangan axborot tizimini yaratish va joriy etishda ishtirok etadi;
– xorijiy kompaniyalarining masofadan (kosmik) zondlash texnologiyalarni pilot (sinov) loyihalari joriy etish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish; yerni masofadan zondalashdan olingan ma’lumotlarni tahlil qiluvchi kompaniyalaring pilot (tajriba) loyihalarini amalga oshiradi;
– O‘zbekiston Respublikasi yerlarini masofaviy zondlash bo‘yicha ilmiy salohiyati va malakasini aniqlash, masofadan zondlash sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, shu jumladan chet elda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxatini shakllantiradi;
– O‘zbekistonning sun’iy yo‘ldosh rasmlari, shu jumladan pulli va bepul manbalar, ularning sifatli tarkibini baholagan holda ma’lumotlar manbalari ro‘yxatini shakllantirishda ishtirok etadi;
g) qishloq xo‘jaligining yillik hisobotini (Annual agriculture report) ishlab chiqish va chop etish sohasida:
– qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yillik rivojlanish ko‘rsatkichlarini umumlashtiradi va tahlil qiladi;
– qishloq xo‘jaligining yillik hisobotini (Annual agriculture report) ishlab chiqadi;
– qishloq xo‘jaligining yillik hisobotini (Annual agriculture report) ommaviy axborot vositalari, shu jumladan vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qiladi va chop etilishini ta’minlaydi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: