Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Pomidor

AGRO.UZ > Pomidor
AGRO.UZ > Pomidor

Pomidor – ituzumdoshlar oilasiga mansub o‘simlik. Vatani Janubiy Amerikaning Ekvador va Peru qismi. O‘zbekistonda sabzavot ekinlari ichida pomidor eng ko‘p ekiladi va jami sabzavot yetishtiriladigan maydonlarning 40% dan ortig‘ini egallaydi.

Sabzavot ekinlari, jumladan pomidor yetishtirishning yangi innovatsion texnologiyalari joriy etilmoqda. Hozirda respublikamizda 200 ming gektardan ortiq maydonga sabzavot ekinlari yetishtirilayotgan bo‘lsa, shundan 45,8 foiziga pomidor ekini ekilib, o‘rtacha hosildorlik gektariga 24 tonnani tashkil etmoqda. Shuningdek, issiqxona sharoitida yetishtirilayotgan pomidorlar eksport qilinayotgan agromahsulotlar ichida yetakchi.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda pomidorning 258 (120 ta ochiq usulda + 138 ta  yopiq usulda) ta navi ekiladi.

Mamlakatimizda yetishtirilgan bodring mahsuloti Afg‘oniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Rossiya, Tojikiston, Ukraina kabi davlatlarga eksport qilinadi.

Pomidor navlari (ochiq usulda)

Ertapishar nav, o‘sish davri – 95-100 kun.

Tupi determinant tipida, shtambli, yaxshi barglagan, bargi kartoshka bargiga o‘xshash.

Mevasi yumaloqsimon, qattiq, yuzasi silliq, to‘q qizil, vazni 80-90 g.

Hosildorligi – 40-45 t/ga.

Vaqtinchalik plyonka ostida va ochiq dalalarda ertaki hosil olish uchun mo‘ljallangan.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2009-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Ertapishar nav, o‘sish davri 95-98 kun.

Tupi tik o‘suvchan, barglari kuchli rivojlangan, bo‘yi 45-50 sm bo‘lib, barglari yirik, qoramtir yashil rangli. Mevasi yumaloqsimon, pushti rangli, yuzasi silliq vazni 90-100 g.

Hosildorligi – 30-35 t/ga. Issiqlik, nematoda kasalligiga chidamli.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2003-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Buxoro va toshkent viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Ertapishar nav, o‘sish davri 88-100 kun.

Tupi determinant tipida, bo‘yi 50-60 sm. Barglari oddiy, yashil, o‘rtacha hajmda bo‘lib, mevasi yumaloqsimon va yassi yumaloqsimon, yuzasi silliq, qovurg‘ali, vazni 80-100 g, och qizil rangli, bir vaqtda pishib yetiladi.

Hosildorligi 35-40 t/ga. Qayta ishlashga yaroqli.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2003-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Buxoro va Toshkent viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtapishar nav, o‘sish davri 110-115 kun.

Tupi yarim determinant tipida, tikka o‘sadi. Bargi kartoshka bargiga o‘xshash. Mevasi yassi-yumaloqsimon va yumaloqsimon, vazni 120-140 g. Hosildorligi 55- 60 t/ga. Isteʼmol va qayta ishlash uchun yaroqli.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston va Rossiya.

1994-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Buxoro, Surxondary va Toshkent viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rta ertapishar nav, o‘sish davri 110-115 kun.

Tupi past bo‘yli 50 sm, barglanishi o‘rtacha. Mevasi yumaloqsimon, yuzasi silliq, qizil, vazni – 115-125 g, eti shirin, suvli.

Hosildorligi – 40-45 t/ga.

Isteʼmol va qayta ishlash uchun yaroqli.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2000-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtapishar nav, o‘sish davri 115-120 kun.

Tupi determinant tipida, ixcham, o‘rtacha, balandligi 65 sm.

Mevasi yumaloqsimon, o‘rtacha, vazni 125-150 g, to‘q qizil, po‘sti qattiq, pishgan mevasi tupida turib qolsa ham sifat ko‘rsatkichlarini tez yo‘qotmaydi.

Hosildorligi – 70-75 t/ga.

Qayta ishlashga, transportda tashishga yarokli, issiqqa chidamli.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2002-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtapishar nav, o‘sish davri 115-120 kun.

Tupi determinant tipida, shtambli, past bo‘yli 60-70 sm, shoxlanishi va barglanishi o‘rtacha. Poyasi tukli, och yashil, guli yirik, yuqori issiq haroratda changlanishi va meva tugishi sekinlashadi.

Mevasi yassi yumaloqsimon, yuzasi silliq, go‘shtdor, juda yirik 300-400 g, malinarang, kam urug‘li, juda shirin.

Hosildorligi – 35-40 t/ga. Issiqqa chidamli.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2001-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtapishar nav, o‘sish davri 118-120 kun.

Tupi determinant tipida, o‘rtacha 60 sm, serbarg, ixcham. Gullashi, hosil yig‘ishi va pishishi tez va bir xilda. Mevasi yumaloqsimon, yirik 160-200 g, go‘shtdor, sersuv, shirin.

Hosildorligi – 50-55 t/ga. Nav isteʼmolbop, dehqon, fermer xo‘jaliklariga ekish uchun hamda transportda tashishga yaroqli.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2001-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtapishar nav, o‘sish davri 120-125 kun.

Tupi determinant tipida, ixcham, mevasi yumaloqsimon, yirik, vazni 120 g, ko‘k dog‘lari yo‘q, po‘sti qattiq, uzoq vaqtgacha sifat ko‘rsatkichlarini yo‘qotmaydi.

Hosildorligi – 70-80 t/ga. Isteʼmolda, qayta ishlashga va transportda tashishga yaroqli, issiqqa chidamli.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

1990-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtapishar nav, o‘sish davri 120-125 kun.

Tupi determinant tipida, ixcham, serbarg bo‘lib, mevasi yumaloqsimon, o‘rtacha, vazni 120-160 g, yuzasi tekis yetiladi.

Hosildorligi 65-70 t/ga. Issiqqa chidamli.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

1985-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Qoraqalpog‘iston respublikasi, Andijon va Buxoro viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtapishar nav, o‘sish davri 117-120 kun.

Tupi determinant tipida, ixcham, poya uzunligi o‘rtacha 70 sm, serbarg. Mevasi yumaloqsimon, o‘rtacha vazni 150-155 g, qizil, qattiq, yuzasi tekis, go‘shtdor, suvli, shirin, kam urug‘li.

Hosildorligi 55-60 t/ga.

Isteʼmol va qayta ishlashga yaroqli, issiqqa chidamli.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2004-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Kechpishar nav, o‘sish davri 125-130 kun.

Tupi determinant tipida, balandligi – 80 sm.

Mevasi yumaloqsimon, juda yirik 220-400 g, yassi go‘shtdor. Hosildorligi50-55 t/ga. Issiqqa chidamli.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

1982-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Sirdaryo viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Kechpishar nav, o‘sish davri 125-130 kun.

Tupi indeterminant tipida, balandligi 100-120 sm.

Mevasi yassi yumaloqsimon, juda yirik 350-400 g, go‘shtdor.

Hosildorligi – 35-40 t/ga. Issiqqa chidamli.

Kechpishar nav, o‘sish davri 120-125 kun.

Tupi determinant tipida, o‘rta bo‘yli, serbarg.

Mevasi noksimon, qattiq, vazni – 55-60 g, meva soni ko‘p, bandsiz uziladi.

Hosildorligi – 55-60 t/ga. Qayta ishlash va transportda tashishga yaroqli, bo‘rtma nematodasiga chidamli.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2003-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Buxoro va Toshkent viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Kechpishar nav, o‘sish davri 110-115 kun.

Tupi determinant tipida, o‘rtacha shoxlaydi.

Mevasi yumaloqsimon, yuzasi tekis, qizil, vazni – 110-130 g.

Hosildorligi 53-55 t/ga. Nematoda bilan zararlangan yerlarda ekish uchun tavsiya etilmaydi.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston va Rossiya.

1992-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Surxondaryo viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Zamonaviy substratli (gidroponika) va oddiy turdagi issiqxonalarda barcha mavsumlarda yetishtirish uchun eng maqbul duragay.

Ildiz tizimi juda ham baquvvat. Tupi o‘rtacha kattalikda, shoxlanishi va barglanishi o‘rtacha, bargi to‘q yashil rangda, o‘rtacha kattalikda. Meva shakli yumaloq, yirik, ranggi qizil, ko‘rinishi chiroyli, bir tekis. Vazni 220-230 g. O‘sish davri 103 kun.

Hosildorligi 2014-2015-yillarda Buxoro nav sinash stansiyasida o‘rtacha 16,6 kg/m2ni tashkil etgan.

Qayerda yaratilgan: Gollandiya davlatining “Singjenta” firmasining duragayi

2016-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Surxondaryo viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Yozgi, kuzgi, qishki va bahorgi mavsumlarda issiqxonalarda yetishtirish uchun mo‘ljallangan duragay.

Tupi o‘rtacha kattalikda, shoxlanishi va barglanishi o‘rtacha, bargi to‘q yashil rangda, o‘rtacha kattalikda. Ildiz tizimi juda baquvvat. Meva shakli bir ozgina yassiroq-dumaloq, bir xil o‘lchamda, rangi qizil, ko‘rinishi chiroyli, bir tekis va juda qattiq. Meva tugishi yaxshi, vazni 220-250 g. O‘sish davri 117 kun.

Hosildorligi 2010-2011 yillarda Toshkent nav sinash uchastkasida o‘rtacha 16,5 kg/m2ni tashkil etgan.

Qayerda yaratilgan: Gollanliya davlatining ”Singjenta” firmasining duragayi.

2012-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Surxondaryo viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Tupi o‘rtacha kattalikda. Meva shakli bosiq-yumaloq, rangi och qizil, ko‘rinishi chiroyli, bir tekis. O‘sish davri 105 kun.

Hosildorligi 2012-2013 yillarda Buxoro nav sinash stansiyasida o‘rtacha 15,4 kg/m2 ni tashkil etgan.

Qayerda yaratilgan: Yaponiya davlatining “Sakata” urug‘chilik kompaniyasining duragayi.

2014-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Surxondaryo viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Tupi o‘rtacha kattalikda, shoxlanishi va barglanishi o‘rtacha, bargi to‘q yashil rangda, o‘rtacha kattalikda. Meva shakli qattiq bosiq-yumaloq, bir xil, rangi to‘q qizil, ko‘rinishi chiroyli, bir tekis. Mevasi vazni 160 g, o‘sish davri 125 kun.

Hosildorligi 2011-2012 yillarda Toshkent nav sinash uchastkasida o‘rtacha 15,5 kg/m2ni tashkil etgan.

Qayerda yaratilgan: Isroil davlatining “Xazera” firmasining duragayi.

2013-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Surxondaryo viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Ertapishar. O‘rtacha kattalikda, shoxlanishi va barglanishi o‘rtacha. Bargi yashil, o‘rtacha kattalikda, oddiy tipda.

Meva shakli bir tekis, qattiq bosiq-yumaloq, rangi to‘q qizil, yorilib ketmaydi, silliq, yirik. Eti qalin. Meva vazni 130 g. O‘sish davri 110 kun.

Hosildorligi 2009-2010 yillarda Toshkent nav sinash uchastkasida o‘rtacha gektaridan 58,8 t ni tashkil etgan.

Qayerda yaratilgan: Yaponiya davlatining “Sakata” urug‘chilik kompaniyasining duragayi.

2011-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtacha kattalikda, shoxlanishi va barglanishi o‘rtacha. Bargi yashil, o‘rtacha kattalikda, oddiy tipda. Meva shakli bir tekis, bosiq-yumaloq, rangi to‘q-qizil, yorilib ketmaydi.

Ko‘rinishi yirik, tekis, eti qalin. Meva vazni 103 g. O‘sish davri 126 kun. Hosildorligi 2009-2010 yillarda Toshkent nav sinash uchastkasida o‘rtacha gektaridan 56,5 t ni tashkil etgan.

Qayerda yaratilgan: Yaponiya davlatining “Sakata” urug‘chilik kompaniyasining duragayi.

2011-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: