Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– Farmon bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb yuritiladi) amalga oshirish doirasida yer maydonlarini foydalanishga kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
– Konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning
o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini ta’minlash hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
– Konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida
va samarali ijro etilishini monitoring qilish va zaruriy choralarni ko‘rib borish;
– foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bosqichma-bosqich qayta foydalanishga kiritish, yer osti suv zaxiralaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ichki irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish orqali suv yo‘qotilishini kamaytirish, shuningdek, bu ishlarda salohiyatli investorlar ishtirokini ta’minlash;
– qishloq xo‘jaligi yerlardan oqilona va samarali foydalanish hamda muhofaza qilishni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
– qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirishni tashkil etish;
– qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish, uni tasarruf etish bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy xujjatlarini zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
– yerdan foydalanish darajasi pastligining asosiy sabablarini aniqlash ishlariga rahbarlik qilish;
– qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchilar va yer egalarini iqtisodiy rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
– qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilishni tashkil etish;
– qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirishni tashkil etish;
– tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishni tashkil etish;
– suv resurslarini boshqarish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli ta’sirini oldini olish va tugatish sohasida davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritish;
– hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini suv resurslari bilan barqaror va oqilona ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar kiritish;
– suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish uchun javobgarligini kuchaytirish, suvdan foydalanish madaniyati darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va tegishli vazirliklarga kiritish;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklaridan suvni tejaydigan zamonaviy sug‘orish texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha asosli takliflarni olib, Davlat dasturlarini shakllantirish, Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilm-fan yutuqlarini, suvni tejovchi zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni keng tadbiq qilish bo‘yicha Suv xo‘jaligi vazirligi va tegishli institutlar bilan hamkorlik qilish;
– suvdan foydalanish, suvni boshqarish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: