Vazifalari va funksiyalari:
a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining tegishliligi bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarilishida vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish;
b) sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar, yaqin va uzoq istiqbolli rejalarni belgilash hamda rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqilishida takliflar bilan ishtirok etish;
v) ichki va tashqi bozor talablari, har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti, suv ta’minoti hamda ixtisoslashuvidan kelib chiqib, paxta, g‘alla, sholi, dukkakli don, texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
g) paxta, g‘alla, sholi, dukkakli don, texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish yo‘nalishida fermer xo‘jaliklari, klasterlar, kooperatsiyalar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini rivojlantirish;
d) paxta, g‘alla, sholi, dukkakli don, texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirishda ilg‘or innovatsion texnologiyalar, ilm-fan yangiliklarini ishlab chiqarishga joriy qilish.
e) kannabis o‘simligini sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini litsenziyalashni tashkil etadi.
Bosh boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining tegishliligi bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarilishida vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish sohasida:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, yig‘ilish bayonlarini bajarish yuzasidan vazirlikning tegishli buyruqlarini hamda Hay’at qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;
– vazirlik markaziy apparati tegishli tarkibiy bo‘linmalari, hududiy bo‘linmalar, tizim tashkilotlari, shu jumladan, tegishli agentliklar, uyushmalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan doimiy hamkorlik qiladi;
– Respublikada paxta, g‘alla, sholi, dukkakli don, texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini yetishtiruvchi tashkilot va idoralar tizimlaridagi sub’ektlarning yillik ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha davriy tahlillar olib boradi;
– sohaga grant va investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar hamda vazirlikning tegishli bosh boshqarmalari bilan hamkorlikda takliflar tayyorlaydi;
– bosh boshqarma vazifalariga doir masalalarni muhokama qilishda tashkilotlar va idoralarda vazirlik vakili bo‘lib qatnashadi.
b) sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar, yaqin va uzoq istiqbolli rejalarni belgilash hamda rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqilishida takliflar bilan ishtirok etish sohasida:
– O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan tegishli vazifalarni o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish choralarni ko‘radi;
– Respublikada paxta, g‘alla, sholi, dukkakli don, texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish holatini tahlil qiladi, mavjud muammolarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
– sohani strategik rivojlantirishning yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturlari, “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqadi;
– yaqin, o‘rta va uzoq muddatli strategik rivojlantirish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan ilmiy loyihalar mavzulari bo‘yicha takliflar kiritadi;
– sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlashda takliflar bilan ishtirok etadi.
v) ichki va tashqi bozor talablari, har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti, suv ta’minoti hamda ixtisoslashuvidan kelib chiqib texnik, dukkakli don va moyli ekinlarni hamda chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash sohasida:
– paxta, g‘alla, sholi, dukkakli don, texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qiladi va mavjud muammo va kamchiliklarni barataraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
– paxta, g‘alla, sholi, dukkakli don, texnik, moyli, dorivor va oziqabop ekinlarni yetishtirishda belgilangan agrotexnik tadbirlarni sifatli qilib o‘tkazilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan monitoring yuritadi;
– paxta, g‘alla, sholi, dukkakli don, texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini tahlil qiladi;
– paxta, g‘alla, sholi, dukkakli don, texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
g) paxta, g‘alla, sholi, dukkakli don, texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish yo‘nalishida fermer xo‘jaliklari, klasterlar, kooperatsiyalar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini rivojlantirish sohasida:
– paxta, g‘alla, sholi, dukkakli don, texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilik yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklari, klasterlar, kooperatsiyalar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning samaradorligi va natijadorligini tahlil qilib boradi, mavjud kamchiliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
– paxta, g‘alla, sholi, dukkakli don, texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va ozuqabop ekinlar yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari, klasterlar, kooperatsiyalar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni doimiy o‘rganib boradi va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
– paxta, g‘alla, sholi, dukkakli don, texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va ozuqabop ekinlar yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari, klasterlar, kooperatsiyalar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganib boradi va ulardan foydalanish imkoniyatlari va yo‘nalishlari borasida takliflar beradi;
– paxta, g‘alla, sholi, dukkakli don, texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va ozuqabop ekinlar yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari, klasterlar, kooperatsiyalar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish, qayta ishlash, eksport imkoniyatlarini doimiy tahlil qilib boradi.
d) paxta, g‘alla, sholi, dukkakli don, texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirishda ilg‘or innovatsion texnologiyalar, ilm-fan yangiliklarini ishlab chiqarishga joriy qilish sohasida:
– tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda zamonaviy agrotexnologiyalar, ilg‘or tajriba, ilm-fan yutuqlari asosida tavsiya va takliflar ishlab chiqishni hamda joylarga yetkazilishini tashkil etadi;
– seleksiya va urug‘chilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda seleksionerlar bilan hamkorlikda ishlar olib borish va seleksiya yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qiladi;
– joylarda ixtisoslashgan fermer, dehqon xo‘jaliklari ishtirokida ilg‘or innovatsion texnologiyalar, ilm-fan yangiliklarini tadbiq etish bo‘yicha soha olimlari ishtirokida ko‘rgazmali seminarlar tashkil etadi.
e) kannabis o‘simligini sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini litsenziyalashni tashkil etish sohasida:
– kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini litsenziyalashga doir tadbirlarni tashkil etadi;
– Ekspert komissiyasining yig‘ilish o‘tkazilishini va ish yuritishini tashkil etish, bayonnomalarini yuritish, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish bo‘yicha ekspert xulosasi loyhasini tayyorlaydi;
– Ekspert komissiyasi xulosasiga asosan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini tayyorlaydi;
– litsenziya shartnomasini rasmiylashtiradi va uning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
– litsenziatning litsenziya shartnomasi, shu jumladan, litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat ishlarini tashkil etadi;
– berilgan litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish, tugatish va bekor qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
– litsenziyalar reestrini yuritadi;
– Ekspert komissiyasi qarorlarining ijrosi monitoringini olib borish.
– Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: