Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– Vazirlik markaziy apparatining samarali faoliyat yuritishi bilan bog‘liq tashkiliy va ma’muriy-xo‘jalik masalalarni ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirishdir.
– Vazirlik ma’muriy binosi va hududida tartib va axborot xavfsizligi muhofazalanishini ta’minlash, mehnat intizomini mustahkamlash.
Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
– vazirlik Hay’ati va markaziy apparati majlislariga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtirish, vazirlik buyruqlari va Hay’ati qarorlari, rahbariyat tomonidan tasdiqlanadigan dasturlar, choraklik, yarim yillik va yillik ish rejalaridagi o‘ziga tegishli bandlarini bajarilishi haqida rahbariyatga davriy ravishda axborot taqdim etish;
– vazirlik ma’muriy binosi va hududida tartib va axborot xavfsizligi muhofazalanishini ta’minlash va mehnat intizomini mustahkamlash maqsadida vazirlik hududi va binosiga kirish-chiqish tartibini muvofiqlashtirish;
– vazirlik bino va inshootlarini ekspluatatsiya qilish, kerakli asosiy vositalar kompyuter va ofis texnikasi, jihozlar (mebellar), idora mollariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish va kerakli jihozlar xarid qilish yuzasidan rahbariyatga talabnomalar kiritish;
– sotib olingan asosiy vositalar kompyuter va ofis texnikasi, jihozlar (mebellar), idora mollarini taqsimlash;
– vazirlik tomonidan olingan va foydalanilayotgan tovar moddiy boyliklarni hisobini yuritish va saqlanishini ta’minlash;
– vazirlik balansidagi bino, texnika, jihoz (mebel) va boshqa tovar-moddiy boyliklarni sanoqdan o‘tkazish (inventarizatsiya), saqlash, xizmat davrini va yaroqsiz holga kelgan tovar moddiy boyliklarni o‘rnatilgan tartibida Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi bilan birgalikda hisobdan chiqarish ishlarini amalga oshirish;
– vazirlik markaziy apparatida aloqa xizmatini muntazam va sifatli ishlashi bilan bog‘liq ishlarni nazorat qilish;
– vazirlik ma’muriy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq (elektr energiyasi, issiqlik energiyasi, issiq va sovuq suv, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal va boshqa xizmatlar, idora jihozlari va inventarlar) bo‘yicha tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalar asosida tuziladigan shartnomalarni tuzilishini tashkil qilish;
– vazirlik binosida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish va talablarini amalga oshirish;
– vazirlik binosida evakuatsiya chizmasini ishlab chiqish va chiqish eshiklarini ishlashini doimiy tekshirib turish;
– vazirlik markaziy apparati xodimlari va ushbu binoda joylashgan boshqa tashkilotlarni joylashuvini (sxemasini) ishlab chiqadi va rahbariyaga tasdiqlash uchun kiritadi;
– boshqarma faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha fuqarolar va tashkilotlardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash;
– boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: