Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlarida, qonunosti va normativ-huquqiy hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari, vazirlik buyruqlarida bo‘limga tegishli bo‘lgan vazifalar ijrosini ta’minlash;
– boshqarma vazifalariga doir masalalarni muhokama qilish bo‘yicha vazir yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan hamda vazirliklar va idoralar tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashish;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi mutaxassislar bilan uzviy aloqa o‘rnatib, ular bilan hamkorlikda dorivor va ziravor o‘simliklar maydonlarini kengaytirish, o‘simliklar parvarishiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yetishtirilgan hosilni saqlash va boshqa masalalarda ishlab chiqaruvchilarga yordam berib borilishini ta’minlash;
– Respublikadagi qishloq xo‘jalik yer maydonlarida dorivor va ziravor o‘simliklar maydonlarini kengaytirish, dorivor va ziravor o‘simliklar yetishtiruvchi sub’ektlarning yillik ishlab chiqarish xajmlari, bo‘yicha davriy ma’lumotlar olish va tahlil qilish;
– dorivor o‘simliklar klasterlariga faoliyatlarini tashkil etish, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish, yetishtirilgan hosilni birlamchi yoki chuqur qayta ishlash, onalik maydonlari va ko‘chatxonalar tashkil etishlarida yordam ko‘rsatib borish;
– faoliyati dorivor va ziravor o‘simliklar yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan vazirlik, qo‘mita va tashkilotlar bilan o‘zaro xamkorlik o‘rnatish, tizimli ravishda axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
– farmatsevtika va boshqa sohalarning dorivor va ziravor o‘simliklarga bo‘lgan talabini o‘rganib borish, tahlillar asosida takliflar kiritish;
- a) dorivor va ziravor o‘simliklarga bo‘lgan ichki va tashqi bozor talabini o‘rganib borish, tahliliy ma’lumotlarga asoslangan takliflarni ishlab chiqaruvchilarga yetkazib borish;
- b) respublikada dorivor va ziravor o‘simliklar yetishtirishda yangi, ilg‘or texnologiyalarni joriy etilishiga ko‘maklashish, sohadagi yangikliklardan ishlab chiqaruvchilarni xabardor etib borish;
– ta’lim-fan-ishlab chiqarishni integratsiyalash jarayonlarida faol ishtirok etish, sohada olib borilayotgan innovatsion ishlanmalar va yangiliklarga doir ma’lumotlar bazasini yaratish va yangilab borish;
– sohadagi kadrlar malakasini oshirish va tajriba almashishga doir seminarlar, treninglar tashkil etish;
– Respublika va xorijdagi dorivor va ziravor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashga doir ma’lumotlarni OAVda yoritib borish;
– dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash.:
Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
– dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirishga doir vazirlik va idoralar bilan qo‘shma dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
– sohani rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar tayyorlab, rahbariyatga kiritish;
– qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyati, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish borasidagi tadbirlarda ishtirok etish;
– viloyatlar kesimida dorivor va rizavor o‘simliklarni yetishtirish hajmlarini aniqlash va tasdiqlangan shakllarda davriy ma’lumotlar olib borish, tahlil qilish;
– dorivor va ziravor o‘simliklarni ko‘paytirishga qaratilgan investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
– OAV orqali respublikada dorivor va ziravor o‘simliklar turlari va sohaning istiqboli to‘g‘risida chiqishlar tashkil etish;
– sohaning hozirgi holati va istiqboli va boshqa dolzarb masalalarga bag‘ishlangan davra suhbatlari, anjuman va seminarlar tashkil etish:
– sohada ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, ilm-fan-texnika va innovatsion yutuqlarining targ‘ib va joriy qilinishida ishtirok etish;
– Respublikada dorivor va ziravor o‘simliklar maydonini kengaytirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etish;
– dorivor va ziravor o‘simliklarni madaniy usulda ko‘paytirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish masalalari yuzasidan takliflar berish;
– dorivor va ziravor o‘simliklar yetishtiruvchi rahbar va mutaxassislar uchun joylarda ko‘rgazmali-amaliy seminarlar o‘tkazishni ta’minlash;
– farmasevtika va boshqa sohalarning dorivor va ziravor o‘simliklarga bo‘lgan talabini o‘rganib borish, tahlillar asosida takliflar kiritish;
– dorivor va ziravor o‘simliklarga bo‘lgan ichki va tashqi bozor talabini o‘rganish va tahlil qilish;
– dorivor va ziravor o‘simliklarni yetishtirish, saqlash, saralash va qayta ishlashga doir ma’lumotlar bazasini yaratish va tizimli ravishda yangilab borish;
– sohani rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar tayyorlab, ishlab chiqaruvchilarga yetkazib borish;
– turli iqlim sharoitlarida dorivor o‘simliklarni yetishtirish va ko‘paytirish usullari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash va ishlab chiqaruvchilarga yetkazib berish;
– boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: