* Qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish va yo‘l xaritalarini tuzish maqsadida 2019 yilning 19 avgustida «Aykan invest» MChJ konsalting kompaniyasi bilan ikkita shartnoma imzolandi.
* Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 2 ta veterinariya klinikasi qurildi.
* QXRXJ tavsiyalariga binoan laboratoriya ishini baholash va zarur jihozlar ro‘yxatini aniqlash uchun xalqaro mutaxassis – patolog jalb etildi. Laboratoriya jihozlari, mebel, kimyoviy moddalar va shisha buyumlar uning tavsiyalariga ko‘ra xarid qilindi.
* ISO 17025 oziq-ovqat xavfsizligi standartlarini joriy etish maqsadida laboratoriya uchun akkreditatsiya rejasi va zarur uskunalar ro‘yxatini ishlab chiqish maqsadida xalqaro maslahatchini yollandi va tegishli xisobot QXRXJga tasdiq uchun yuborildi.
* Viloyat hokimliklari va suv xo‘jaligi organlari bilan hamkorlikda maxsus dizaynda ishlab chiqilgan 25 ta sug‘orish quduqlari uchun joylar aniqlandi. Ushbu sug‘orish quduqlari jami 2 222,28 ga yerni qamrab olib, 156 fermer xo‘jaliklarini suv bilan ta’minlanishi kutilmoqda.
* Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida quyosh energiyasidan quvvatlanadigan agrometeorologik stansiyalar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
* 2021 yil 1 iyun holatiga ko‘ra loyihaning kredit liniyasi doirasida 29 ta meva-sabzavotchilik va 127 ta chorvachilik yo‘nalishidagi subloyihalar moliyalashtirildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: