Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

«Issiqxona gazlari emissiyasining intensivligini pasaytirish uchun mayda shoxli chorva mollarini yetishtirish samaradorligini oshirish» qo‘shma loyihasi

AGRO.UZ > «Issiqxona gazlari emissiyasining intensivligini pasaytirish uchun mayda shoxli chorva mollarini yetishtirish samaradorligini oshirish» qo‘shma loyihasi
AGRO.UZ > «Issiqxona gazlari emissiyasining intensivligini pasaytirish uchun mayda shoxli chorva mollarini yetishtirish samaradorligini oshirish» qo‘shma loyihasi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining «Issiqxona gazlari emissiyasining intensivligini pasaytirish uchun mayda shoxli chorva mollarini yetishtirish samaradorligini oshirish» qo‘shma loyihasi

Byudjet: 1,1 mln. AQSH dollari miqdoridagi texnik ko‘mak mablag‘lari

Loyiha amal qilish muddati: 31-mart 2024-yil

Amalga oshirilish hududi: Respublika bo‘yicha

Benefitsiar: O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ipakchilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Cho‘l ekologiyasi va qorako‘lchilik ilmiy-tadqiqot instituti, chorvachilik va qorako‘lchilikka ixtisoslashgan klaster va fermer xo‘jaliklari

Mayda shoxli chorva mollarini yetishtirish samaradorligini oshirish orqali chorvachilik sohasini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish.

1. Mahalliy va hududiy qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish-sotish zanjirini rivojlantirish;

2. Tabbiy resurslar, iqlim o‘zgarishi oqibatlari va bioxilma-xillikni barqaror boshqarish uchun milliy potensialni oshirish.

  1. Kichik fermer va oila xo‘jaliklariga ustuvorlik bergan holda mayda shoxli mollarni yetishtirishning barqaror tizimini ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha boshqaruv organlari, maslahat va xizmat ko‘rsatish markazlari, ishlab chiqaruvchilar uyushmalari, shu jumladan ayollar va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish;
  2. Iqlimiy muqobil amaliyotni joriy qilish va hayvonlarni oziqlantirishning zamonaviy va samaraliroq usullarini qo‘llash hamda yaylovlar va tabiiy resurslardan mukammal foydalanish hisobiga mayda shoxli mollarni yetishtirishni yaxshilash;
  3. Mayda shoxli mollarning genetik resurslarini boshqarish bo‘yicha subhududiy tarmoq va texnik ko‘mak tizimini yaratish orqali hayvonlarning genetik resurslarini saqlash va yaxshilash choralarini kuchaytitish;
  4. Pilot hududlarda mahalliy cho‘ponlar uchun dala fermer maktablarini joriy qilish va zotdor qo‘y va vagonlarni taqdim etish orqari qo‘ychilik amaliyotini yaxshilash;
  5. Pilot hududlarda mayda shoxli mollarni yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi ayollarni zotdor qo‘y taqdim etish hamda ishlab chiqarish-sotish zanjirini yaratish va boshqa jamoalar bilan tajriba almashish orqari qo‘llab-quvvatlash.

Mazkur loyiha hududiy loyiha bo‘lib, unda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘izston, Tojikiston, Turmaniston, O‘zbekiston va Turkiya davlatlarining ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan 2021-yil 31-mart va 25-may kunlari soha matassaddilari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.

Shuningdek, joriy yilning 7-iyun kuni mazkur loyihaning rasmiy boshlanishi munosabati bilan tanishtiruv seminari (Inception Workshop) tashkil etildi.

FAO tomonidan loyihaga maʼsul shaxs: Abdumalik Namozov, +99878 1501885,  Abdumalik.Namozov@fao.org

Loyihaning milliy koordinatori: Sobirjoyen Mavlyanov, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasi, +998 97 755 19 71, s.mavlanov71@mail.ru

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: