Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

“O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi

AGRO.UZ > “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi
AGRO.UZ > “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Yevropa Ittifoqi ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi

Byudjet: 19,5 mln. yevro

Loyiha amal qilish muddati: 2018-2023-yillar

Amalga oshirish hududi: Loyiha O‘zbekiston Respublikasining butun hududlarida amalga oshiriladi

Benefitsiar: M. Mirzayev nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti, O‘simliklar karantini ilmiy markazi va O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat va xususiy tashkilotlari

Meva-sabzavot sohasining mahsuldorligi va rentabelligini oshirish, naslchilik, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi tadqiqot salohiyatini modernizatsiya qilish, xalqaro mahsulot sifati standartlarini joriy etish.

1 – komponent «Qishloq xo‘jaligiga texnik yordam».

1. Loyiha davlat ilmiy-tadqiqot institutlari va o‘simliklarni himoya qilish xizmatlari, shuningdek «O‘zstandart» agentligining institutsional qo‘llab-quvvatlanishi va moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishini ta’minlaydi;

2. Meva-sabzavot mahsulotlarining xalqaro sifat standartlarini joriy etish va ishlab chiqaruvchilar hamda xorijiy хaridorlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasi va savdo tizimini yaratish;

3. GlobalGAP sifat standartlari talablariga muvofiq raqobatdosh meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarishda fermer xo‘jaliklari hamda agrosanoat korxonalari vakillarini o‘qitish, ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar, tijorat bozorlari va marketing bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.

Loyiha doirasida 23,03 mln. dollar miqdoridagi 95 ta shartnoma imzolangan. Shulardan:

Xizmat ko‘rsatish (mahalliy va xalqaro maslahatchilar konsalting xizmatlari, ilmiy-tadqiqot institutlari uchun o‘qish, malaka oshirish yo‘llanmalari, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining quyi tadqiqot tashkilotlari faoliyati va institutsional salohiyatini baholash, GLOBAL G.A.P. standartini mamlakatda rivojlantirish orqali xalqaro bozorlarda O‘zbekiston meva va sabzavot mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavot marketingini rivojlantirish uchun texnik yordam ko‘rsatish, meva-sabzavot mahsulotlari uchun elektron savdo maydonini ishlab chiqish, Agrosanoat agentligi axborot boshqaruv tizimini rivojlantirish, Sirdaryoda va Buxoroda to‘fonlar hamda COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash);

Tovarlar (ko‘rgazma maydonlari, kalibrlash, molekulyar genetik, serologik va sovutish laboratoriya uskunalarini ilmiy tadqiqot institutlari uchun xarid qilish);

Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish (ilmiy-tadqiqot institutlari laboratoriya binolarini rekonstruksiya qilish).

Jurayev Sherzod Sharifovich,  (+998 97 609 33 63).

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: