Loyiha uchastkalarida ko‘rgazmali dala maydonlari tashkil etildi jami 32 ta qishloq xo‘jalik ekinlari turli resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda yetishtirildi;
2020-yilda Qurg‘oqchilikka va sho‘rlanishga chidamli ekinlarning urug‘chiligi tashkil etildi hamda Qashqadaryo va Buxoro viloyati fermerlarining dalalarida 5872 ga maydonga ekildi;
2021-yil hosili uchun kuzgi ekinlarning qurg‘oqchilikka va sho‘rlanishga chidamli navlarining 25 tonna urug‘i ekildi hamda asosiy va takroriy ekinlar uchun jami 10 tonnadan ortiq turli ekinlar urug‘i fermerlarga tarqatildi;
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida tuproqqa ishlov bermasdan ekish texnologiyasi jami 5080 ga joriy etildi;
Buxoro viloyatining sho‘rlangan maydonlarda suv tejovchi texnologiyalar 11000 ga joriy etildi;
Qashqadaryo viloyatining Qamashi va Buxoro viloyatining Buxoro tumanlarining yerdan foydalanish rejalari ishlab chiqildi;
Qashqadaryo viloyatidagi “G‘uzor” qorako‘lchilik MCHJning yaylovdan foydalanish rejasi ishlab chiqildi (84000 ga);
Loyihani bajarish davomida jami 15 o‘quv kurslari, 12 dala kurslari, 4 ta fermerlar kuni va 2 mintaqaviy o‘quv kusralri tashkil etildi. Bu o‘quv kurslarida jami 1106 mutaxassislar, fermerlar qatnashishdi ulardan 156 tasi ayollar tashkil etadi;
4 ta qo‘llanma, turli mavzudagi 8 ta buklet, infografikalar tayyorlandi va chop etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: