Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

«O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimi, yerdan foydalanish va qayta tiklash taʼsirini o‘rganish dasturi» qo‘shma loyihasi

AGRO.UZ > «O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimi, yerdan foydalanish va qayta tiklash taʼsirini o‘rganish dasturi» qo‘shma loyihasi
AGRO.UZ > «O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimi, yerdan foydalanish va qayta tiklash taʼsirini o‘rganish dasturi» qo‘shma loyihasi

BMTning Оziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-​muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining «O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimi, yerdan foydalanish va qayta tiklash taʼsirini o‘rganish dasturi» qo‘shma loyihasi

Byudjet: 200 000 ming AQSH dollari

Loyiha amal qilish muddati: 28-fevral 2022-yil

Benefitsiar: Fermerlar

Barqaror va uyg‘unlashgan bug‘doy ishlab chiqarish landshaftlari va qo‘shimcha qiymat zanjirlari uchun ilg‘or tajriba hamda innovatsiyalarni joriy etish.

Loyihaning asosiy hujjati topshirilgandan so‘ng, GEF 2022 yildan 6,5 mln dollar mablag‘ ajratishi kutilmoqda.

– Loyiha dizayni bo‘yicha mutaxassis ishga qabul qilindi;

– PPG (loyihani tayyorlash granti) ish rejasi tayyorlandi;

– Xalqaro va milliy maslahatchilar ishga olindi;

– 2020-yilning 29-oktyabrida barcha manfaʼatdor tomonlar bilan loyihani boshlash bo‘yicha onlayn seminar o‘tkazildi;

– Loyiha doirasida ishga qabul qilingan barcha milliy maslahatchilar o‘z hisobotlarini topshirishdi;

– Ayni paytda ikkita xalqaro konsultant va loyiha koordinatori bilan birgalikda loyihaning asosiy hujjatini tayyorlamoqda;

– Loyiha hujjati FAO tomonidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilmoqda.

FAO tomonidan loyihaga maʼsul shaxs: Nurbekov Aziz,  +998781501885,  Aziz.Nurbekov@fao.org

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: