Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

«Kelajak avlod uchun aqlli dehqonchilik» qo‘shma loyihasi

AGRO.UZ > «Kelajak avlod uchun aqlli dehqonchilik» qo‘shma loyihasi
AGRO.UZ > «Kelajak avlod uchun aqlli dehqonchilik» qo‘shma loyihasi

BMTning Оziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining «Kelajak avlod uchun aqlli dehqonchilik» qo‘shma loyihasi

Byudjet: 3 410 000 AQSH dollari (O‘zbekiston va Vyetnam Respublikalari birgalikda)

Loyiha amal qilish muddati: 24-iyun 2024-yil

Amalga oshirilish hududi: Farg‘ona vodiysi (Farg‘ona, Andijon va Namangan vilotlari)

Benefitsiar: 

Dehqon/fermerlar jumladan, ayol va yoshlar;

Fermerchilik tashkilotlari va q/x kooperativlari jumladan, ayollar guruhlari;

Qishloq xo‘jaligi va unga oid bilimlarni targ‘ib qiliuvchi mutaxassislar;

Xizmat ko‘rsatuvchilar, q/x resurslarini yetkazib beruvchi dillerlar, savdo agentlari;

Qishloq xo‘jaligi universitetlari va ilmiy izlanish institutlari;

Qishloq xo‘jaligi vazirligi;

Oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish laboratoriyalari;

Xususiy tarmoq vakillari.

Loyihaning umumiy maqsadi – issiqxona sharoitida yetishtirilgan sabzavotlarni yig‘ib olgandan so‘ng qayti ishlash va sotishini tashkil etish hamda aqlli va barqaror ishlab chiqarilishini rivojlantirish.

Buning natijasida aholini turmush tarzini takomillashtirish, daromadlarini oshirish, ish joylarini ko‘paytirish va ovqatlanishni yaxshilash orqali isteʼmolchilarga doimiy ravishda arzon, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini berishga erishish belgilangan.

Mazkur loyiha doirasida 3 ta asosiy natijalarga erishish nazarda tutilgan:

– turli xil sabzavotlar yetishtirish va ularni o‘stirish joylari uchun himoyalangan ishlab chiqarish tizimlarini optimallashtirish;

– turli xil sabzavotlar yetishtirish va ularni o‘stirish joylari uchun yig‘im-terimdan keyingi amaliyotni va bozor aloqalarini optimallashtirish;

– sabzavotlarni issiqxonada yetishtirish va ularni qayta ishlash sohasi bo‘yicha milliy salohiyatni mustahkamlash.

Joriy yilning 19 may kuni loyihani ishga tushirish bo‘yicha boshlang‘ich seminar loyiha jamoasi, hamkorlari va manfaatdorlari ishtirokida Toshkent va Farg‘ona shaharlarida tashkil etildi. Tadbir videokonferensiya shaklida Zoom platformasi yordamida bo‘lib o‘tdi. Seminarning maqsadi ishtirokchilarga loyiha haqida to‘liq maʼlumot jumladan, maqsadi, muddati, xududlari, hamkorlari, kutilayotgan natijalari, kelajakdagi rejalar va boshqa shu kabi kun tartibidagi masalalar atroflicha ko‘rib o‘tildi.

Loyihani boshlashdan oldin belgilangan rejaga asosan 2 oy davomida, yaʼni May va Iyun oyilarida, loyihani maqsadga muvofiq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tavsiya etilgan hududlarda dastlabki izlanish va o‘rganish ishlari olib borish belgilangan. Ushbu o‘rganishlardan maqsad Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jaligi, sabzavotchilik jumladan, himoyalangan tizimlar ostida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va sotishni bugungi kundagi holatini to‘liq aniqlash. Bu sohadagi mavjud muammolar, kamchiliklar, erishilgan yutuqlar shuningdek, urug‘ni ekishdan to mahsulotni yetishtirib isteʼmolchiga yetgazib berilishigacha bo‘lgan zanjir jarayonida ishtirok etuvchilarni joriy holati o‘rganish va tahlil qilish belgilangan.

Hozirgi kungacha maqsadli tumanlarga 3-4 dan iborat joylarga tashriflar amalga oshirildi. Qariyb 50 nafardan ortiq tomorqachi, q/x mutaxassislari, zarur  resurslarni yetkazib beruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar bilan uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazildi hamda so‘rovnoma shaklidagi savolnomalar to‘ldirilmoqda. Shuningdek, hisobotni shakllantirish bo‘yicha kerakli statistik maʼlumotlar, dalillar, axborotlar va qaydnomalar to‘plash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, loyihani amalga oshirish bo‘yicha moddiy-texnik bazani shakllantirish maqsadida ofis anjomlari (kompyuterlar, mebellar, org. texnika va boshqa) va avtotransport sotib olish uchun tender eʼlon qilindi. Shuningdek, loyiha jamoasini shakllantirish uchun agronom, loyiha yordamchisi ishga qabul qilindi.

FAO tomonidan loyihaga maʼsul shaxs: Xayrullo Esonov, +99891 6965458,  Khayrulla.Esonov@fao.org

Loyihaning milliy koordinatori: Alisher Saparov Atabayevich, Qishloq xo‘jaligi vazirligi qoshidagi bog‘dorchilik va issiqxonalarni rivojlantirish agentligi, +998 93 1805755,  asapaev@gmail.com

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: