Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

«Ayollar uchun sunʼiy intellekt vositasida boshqariladigan iqlim jihatdan maqbullashtirilgan asalarichilik» loyihasi

AGRO.UZ > «Ayollar uchun sunʼiy intellekt vositasida boshqariladigan iqlim jihatdan maqbullashtirilgan asalarichilik» loyihasi
AGRO.UZ > «Ayollar uchun sunʼiy intellekt vositasida boshqariladigan iqlim jihatdan maqbullashtirilgan asalarichilik» loyihasi

Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining «Ayollar uchun sunʼiy intellekt vositasida boshqariladigan iqlim jihatdan maqbullashtirilgan asalarichilik» loyihasi

Byudjet: 79 372 yevro grant mablag‘lari

Loyihaning amal qilish muddati: 2021-yil 1-martdan – 2021-yil 15-dekabrgacha

Amalga oshirish hududi: Buxoro va Toshkent viloyatlari

Benefitsiar: O‘zbekiston asalarichilik xo‘jaliklari

Oziq-ovqat xavfsizligi hayotiy muhim ko‘rsatkichlari, asalari oilalari samlomatligi va atrof-muhit holatlarini taqqoslash asosida asalari oilalari salomatligi va mahsuldorligini yaxshilash, mahalliy qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga barqarоrligini oshirish.

  1. Raqamli savodxonlikni va asalarichilikni kuzatib borish bo‘yicha ilovadan foydalanishni qo‘llab-quvatlash;
  2. Asalarichilik va asalari uyasini boshqarish samaradorligini oshirish;
  3. Asalarichilikni rivojlantirish vositasida iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va asalarichilar jamoalari turmush tarzini yaxshilash;
  4. Asalarichilik, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit sanitar holatini rivojlantirish bo‘yicha maʼlumotlar va indekslarni ishlab chiqish uchun bilimlar bazasini shakllantirish.

Mikro-tadbirkorlikni rivojlantirish va bevosita ayollar turmush sharoitlarini yaxshilash.

  1. Asalarichilikni o‘rgatish va smartfon ilovasi yordamida asalari uyalarini tekshirish;
  2. Asal ishlab chiqarishni oshirish;
  3. Asal sifatini kuzatish va COVID-19 pandemiyasi davomida barqaror daromad orqali asalarichilarning turmush darajasini yaxshilash.

Loyiha bo‘yicha tashkiliy seminar mart oyida o‘tkazildi. Loyiha maqsadlari va ish rejalari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. Buxoro va Toshkent viloyatlaridan 20 nafar ayol asalarichilar tanlandi va ularning ro‘yxati tuzildi. Uyushma tomonodan loyiha koordinatori va dala xodimlari tayinlandi. Uyushma vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Rustam Ibragimov

Telefon: +9989 71 2372130

Email:  r.ibragimov@cgiar.org

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: