Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

«Baliqchilikda akvakultura va qo‘shilgan qiymat zanjiri sektori uchun milliy sharh va strategiya» qo‘shma loyihasi

AGRO.UZ > «Baliqchilikda akvakultura va qo‘shilgan qiymat zanjiri sektori uchun milliy sharh va strategiya» qo‘shma loyihasi
AGRO.UZ > «Baliqchilikda akvakultura va qo‘shilgan qiymat zanjiri sektori uchun milliy sharh va strategiya» qo‘shma loyihasi

BMTning Оziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining «Baliqchilikda akvakultura va qo‘shilgan qiymat zanjiri sektori uchun milliy sharh va strategiya» qo‘shma loyihasi

Byudjet: 225 000 AQSH dol. grant mablag‘lari

Loyiha amal qilish muddati: 14-iyul 2021-yil

Amalga oshirilish hududi: Toshkent shahri, Toshkent viloyati (Yangiyo‘l tumani)

Benefitsiar: “O‘zbekbaliksanoat” uyushmasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Loyihaning maqsadi ishlab chiqaruvchidan isteʼmolchiga butun baliq qiymat zanjiri bo‘ylab akvakultura sektorini tahlil qilish, barqaror va samarali baliq ishlab chiqarish, marketing, qayta ishlash va savdo uchun muammo va imkoniyatlarni aniqlash. Milliy sharh va qiymat zanjiri tahlili FAO mutaxassislari tomonidan milliy hamkasblar yordami bilan amalga oshiriladi. Milliy sharh FAO ekspertlarining rahbarligi va eng yaxshi xalqaro amaliyotlarga asoslangan holda, Milliy akvakultura strategiyasini ishlab chiqishda hukumatga muhim maʼlumot beradi.

1) Akvakultura va qo‘shilgan qiymat zanjiri sektorlarini milliy tahlil qilish;

2) Akvakultura sohasini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya;

3) Davlat idoralari va soha ishtirokchilarini salohiyatini oshirish;

4) Fermer xo‘jaliklari darajasida ilg‘or akvakultura amaliyotlarini namoyish etish.

Kam miqdorda baliq yetishtiruvchilarning yashash sharoitlarini yaxshilash va O‘zbekiston Respublikasidagi isteʼmolchilar uchun sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash.

Loyiha hujjati 2019 yil 1 noyabrda FAO Bosh direktori muovini V.Raxmaninning O‘zbekistonga tashrifi davomida imzolangan.

2019 yil 19 dekabr kuni Toshkent shahrida loyihaning boshlanishi munosabati bilan tanishtiruv seminari (Inception Workshop) bo‘lib o‘tdi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun mo‘ljallangan milliy va xalqaro ekspertlar yo‘llandi. Mazkur ekspertlar tomonidan O‘zbekistonning akvakultura va baliqchilik sohasi hamda baliqchilikda qo‘shilgan qiymat zanjirining yaratilishi tahlil qilinib, milliy hisobot loyihasi tayyorlandi. 2021 yil 18 dekabrda mazkur hisobot mutassaddi vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida muhokama qilindi. Muhokama natijalari asosida milliy hisobot qayta ishlanmoqda.

Shuningdek, loyiha doirasida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy saloxiyatini oshirish maqsadida laboratoriya jihozlari va uskunalari xarid qilinib, 2021 yil 15 aprel kuni loyihaning milliy hamkorlariga topshirildi. Endilikda, loyiha doirasida Toshkent va Buxoro viloyatlari hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasida 2 ta o‘quv seminarlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

FAO tomonidan loyihaga maʼsul shaxs: Ibragimov Furkat, +99897 444-87-11,  Furkat.Ibragimov@fao.org

Loyihaning milliy koordinatori: Sabirjan Mavlyanov, O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: